Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə138/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

Yovvoyi achitqilar tabiatda keng tarqalgan, ko’pincha korxona zararkunandalari hisoblanadi. Yovvoyi achitqilar cho’ziq bo’lib, kurtaklanish yoki bo’linish yo’li bilan ko’payadi.
Boyitilmagan muhitlarda havo kislorodi bo’lganda hamma chin achitqilar sporali xaltachalar hosil qiladi.
Soxta achitqilar oilasi sporali xaltachalar hosil qilmaydi, faqat kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi, qandni salgina achitadi yoki butunlay achitmaydi. Soxta achitqilar oilasi ikki turkumga bo’linadi.
1. Torula turkumi – yumaloq achitqilar bo’lib, qandni bijg’itadi, natijada bir ozgina spirt hosil qiladi. Ular tabiatda keng tarqalgan sabzavotlarda doimo bo’ladi.
2. Mikoderma turkumi – cho’ziq xujayrali parda hosil qiluvchi achitqilardir. Ular qandni bijg’itmay, SO2 va N2O ga qadar oksidlaydi. Aeroblar suyuqlik yuzasida parda hosil qiladi. Ko’pincha oziq ovqat korxonalarining (masalan, sirka tayyorlaganda, sabzavot tuzlaganda va hokazo) zarakunandalari hisoblanadi.
Spirtli bijg’ishda achitqilar qandni parchalaydi, amalda 50% SO2 va 50% etil spirti hosil bo’ladi.
Achitqi bir minutda qancha ko’p qandni parchalab, spirt va SO2 hosil qilsa, ularning bijg’itish energiyasi o’shancha ko’proq bo’ladi. Bijg’itish energiyasini aniqlamoq uchun glyukozaning 10% li eritmasidan 50 ml olib kolbaga quyiladi va unga presslangan achitqilardan 1-2 g dan solinadi. Bijg’ish jarayonini tezlashtirish uchun kolba 30-35oS suv hammomiga 1 soat qo’yiladi, so’ngra kolbaning og’zi egri shisha nay o’rnatilgan kauchuk probka bilan maxkam bekitiladi, nayning ikkinchi uchiga suv to’latilib, suvli shisha idishga to’ntarilgan probirka ichiga kiritiladi. 30-40minut o’tgandan so’ng, kolbada ajralayotgan karbonat angidrid egri shisha nay orqali to’ntarilgan probirkaga boradi, probirkada havo pufakchalari hosil bo’lganini ko’ramiz. Kolbadagi bijg’iyotgan suyuqlikda spirt hosil bo’ladi. Spirtli bijg’ish jarayonini kuzatishda maxsus asbobdan foydalaniladi.
qand bijg’iganda 50% SO2 va 50% spirt hosil bo’lganligidan, eritmadagi spirtning og’irligi havoga uchib ketuvchi SO2 ning og’irligiga tengdir, ya’ni g q e. Bijg’igan qand og’irligi SO2qspirt og’irligiga teng, ya’ni dqgqe. Binobarin, bijg’igan qand protsentini bilmoq uchun quyidagicha hisob qilamiz:
e=a-b, g=e, d=g=e,

X = d*100;


V
Bunda a – qand bijg’iguncha kolbaning og’irligini,
b – qand bijg’igach kolbaning og’irligini,
v – kolbadagi qandning dastlabki og’irligini,
e – havoga uchib ketgan SO2 ning og’irligini,
g – eritmadagi spirtning og’irligini,
d – bijg’igan qand og’irligini,
x – bijg’igan qand protsentini ifodalaydi.


Kerakli jihozlar: mikroskop, buyum va qoplog’ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, shisha tayoqchalar, bo’yoqlar (fuksin, metilen ko’ki) Lyugol eritmasi, glyukozaning 10% li eritmasi, achitqilar, kolbalar rezina probkalar bilan, torozi toshlari bilan, termostat.



Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin