Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Bijg’ish qo’zg’atuvchilarini morfologik xususiyatlarini o’rganish uchun har bir talaba mustaqil ravishda mikrobiologik preparat (mazok) tayyorlab, metilen ko’ki bilan bo’yaydi. Achitqi hujayralarida glikogenni topish uchun ezilgan tomchi preparatini Lyugol bilan tayyorlanadi. qandni bijg’ish foizini brigada usulida aniqlanadi. Tadqiqot natijalarini talabalar daftarlariga yozib boradilar.
Metodik ko’rsatma: Spirtli bijg’ishda qand parchalanib, etil spirti va CO2 vujudga keladi. Bu bijg’ishga achitqi zamburug’lari yoki achitqilar sabab bo’ladi. Spirtli bijg’ish–achitqilarning anaerob nafas olishi demakdir. Spirtli bijg’ish formulasi shunday:
C6 H12 O6 = 2C2 N5 OH + 2 CO2 + 28 kal.
Achitqilar – fakultativ anaeroblar. Ular aerob sharoitda ham, anaerob sharoitda ham yashayveradi. Achitqilar chin achitqi va soxta achitqilar degan oilaga bo’linadi.
Chin achitqilar oilasiikki guruhga bo’linadi: madaniy achitqilar va yovvoyi achitqilar. Madaniy achitqilar non yopish, vino tayyorlash korxonalarida ishlatiladigan achitqilardan iborat bo’lib, Saccharomyces turkumiga kiradi. Ular yirik, yumaloq yoki cho’zinchoq bo’lib, kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi. Hujayralarda zapas oziq modda – glikogen (hayvon kraxmali) bor. Achitqi hujayralaridagi glikogenni aniqlash uchun “ezilgan” tomchi preparati quyidagicha tayyorlanadi: buyum oynasiga suv o’rniga Lyugol eritmasidan bir tomchi tomiziladi, unga achitqilarni aralashtirib, qoplog’ich oyna yopiladi. Achitqi hujayralaridagi glikogen donalari qizg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi. Pivo yoki xamir achitqilari bilan tanishish uchun quruq mazok tayyorlanadi. Preparat metilen ko’ki biln bo’yaladi.