Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə143/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

MAVZU: AMMONIFIKATSIYA JARAYONI.
Reja:

  1. Ammonifikatsiya jarayonida yig’ilgan bakteriyalarni ajratish.

  2. NH3 va H2S ni sifatli aniqlash.

  3. Ammonifikator bakteriyalarning morfologiyasi.

Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Talabalar brigada usulidan foydalanib, ammonifikatsiya jarayonini yuzaga keltiruvchi aerob va anaerob sifatli tajriba qo’yadilar. Ular aerob Bacillus mycoides va anaerob Bacillus putrificus guruhiga kiruvchi ammonifikator mikroblarning morfologiyasi bilan tanishadilar.
qo’zg’atuvchilarning morfologiyasini o’rganish uchun har bir talaba preparat tayyorlaydi va bo’yab mikroskopda ko’riladi. Natijalarni daftarlarga yozib boriladi.


Metodik ko’rsatma:
Ammonifikatsiya – oqsillar va azotning boshqa organik birikmalarning ammiak (NN3) gacha parchalanishi demakdir. Ba’zi ammonifikatorlar oqsillarni parchalaganda NN3 dan tashqari, N2S bilan indol ham hosil bo’ladi. Oqsillarning ammonifikatsiya qilinishi ammonifikatorlar yoki chirituvchi bakteriyalar yordamida boradi. Ammonifikatorlarning ko’pchiligi aerob bo’ladi. Aerob ammonifikatorlarning sporali va sporasiz turlari bor. Anaerob ammonifikatorlarning aksarisi sporali tayoqchalardir. Ammonifikatorlar tabiatda keng tarqalgan. Ular havoda, suvda, har xil oziq-ovqatda va organik qoldiqlarda uchraydi; ular tuproqda ayniqsa ko’p, aerob turlari ham bo’ladi.
Ammonifikatorlarning elektiv kulturasini olish. Ammonifikatorlarning elektiv kulturasini olish uchun 100 ml sig’imli kolbalarda 3% li pepton eritmasi 50 ml dan quyiladi. Pepton eriydigan oqsildir. Kolbaga aerob va anaerob ammofikatorlar bo’lgan tuproqdan 0,5 g solib, og’zi paxta bilan berkitiladi, shu probkaning tagiga 3 ta maxsus qog’ozcha osib qo’yiladi. NN3 va N2S chiqayotganligi shu qog’ozchada bilinadi. NN3 chiqayotganligini bilish uchun qizil lakmus qog’ozi osiladi. Bu qog’oz NN3 tasirida ko’karadi. N2S chiqayotganligini bilish uchun qo’rg’oshin atsetat eritmasiga xo’llangan filtr qog’oz osib qo’yiladi. Bu qog’oz N2S ta’sirida qorayadi.
Ammonifikatorlarning elektiv kulturasini tekshirish. Probka tagiga osib qo’yilgan qog’ozchalar ko’zdan kechirilib, NN3 va N2S chiqqan chiqmaganligini bilinadi. So’ngra idishning yuqori qismidagi va tubidagi suyuqlikdan bo’yalgan mazok tayyorlanadi. Idishning yuqori qismidagi suyuqlikdan tayyorlangan mazoklarda asosan aerob ammonifikatorlar, sporali va turli uzunlakdagi sporasiz ingichka tayoqchalar uchraydi.
Idish tubidagi suyuqlikdan tayyorlangan mazoklarda ko’pincha baraban tayoqchasi shaklidagi anaerob ammonifikatorlarning sporali tayoqchalari Bact.putrificus uchraydi.
Kerakli jihozlar: Pepton-buloni. Mikroskop, immersion moy, filtr qog’ozlar, buyum va qoplog’ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, skalpel, pintsetlar. Bo’yoqlar (metilen ko’ki, fuksin), qizil lakmus qog’ozi, tuproq.



Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin