|
Mavzu: Ko'p - kam. Amaliy tajriba
Maqsad
|
səhifə | 17/61 | tarix | 02.01.2022 | ölçüsü | 354,88 Kb. | | #43857 |
| QISQA MUDDATLI GURUH
Mavzu: Ko'p - kam. Amaliy tajriba
Maqsad: bolalar katta bargli o'simliklar mayda bargli o'simliklarga qaraganda ko'proq sug'orilishini aniqlaydilar.
Kerakli jihozlar: 3 ta o'simlik bargi: 1-katta bargli, 2-mayda bargli, 3-kaktus o'simligi, sellofan paket, ip.
Faoliyatning borishi:
O' simlik barglarini kuzatish va ularni farqlash.
O'simliklar haqida bilganlarini aytib berish.
Barglarni alohida paketlarga solish va bog'lash.
Paketda bug'lanish natijasida hosil bo'lgan tomchilarni kuzatish va har bir paketdagi hosil
bo'lgan tomchilarni taqqoslash va farqlash.
Xulosa: barglar qancha katta bo'lsa, ularda bug'lanish ham shuncha yuqoridir va ushbu
barglar ko'proq suvga muhtoj bo'ladi.
Qo'shimcha: katta va kichik bargli gullarga kam va ko'p miqdordagi suvni quyish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|