Metodik tavsiya



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə15/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Ijodiy rivojlanish

Gullarni tasvirlashda turli usullardan foydalana oladi. Gullarning rasmini chiza oladi, xamir, loy yoki plastilindan yasashni biladi,

Rivojlanish markazlari

Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resurslar

Erkin faoliyat

Qurish, konstruktsiyalash va

matematika







Gullar uchun guldon.

Jamoa ishi









Kerakli anjomlar

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish




Bilmasvoy bizning gulzorda







Dorivor o' simliklar

Kerakli anjomlar

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish




“Gullar” ta'limiy o'yin










Kerakli anjomlar

Fan va tabiat







Nobud bo' layotgan gullarni parvarishlash




Ko'p - kam.

Amaliy tajriba



Kerakli anjomlar

San'at




Rasm:Kungaboqar

Loy ishi:Binafsha va ninachi




Applikatsiya: Moychechak

Kerakli anjomlar

Umumiy guruh bo'lib ishlash

  1. Nutq o'stirish: Gulzorimizdagi gullar Rasm asosida suhbat

  2. Ikkinchi tilga o'rgatish







Musiqiy hordiq







IYUN. IKKINCHI HAFTA
GULZORDAGI GULLAR

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish



Mavzu: Bilmasvoy bizning gulzorda

Maqsad: bolalar gullarning turlarini farqlaydilar, ular haqida qisqa ma'lumot bera oladilar.

Kerakli jihozlar: gulzordagi gullar niqobi.

Faoliyatning borishi:

  1. O'yin qoidalari bilan tanishish.

  2. O'yin rejasini tuzish.

  3. Rollarni taqsimlash va qahramonlar obrazini yaratish.

  4. “Bilmasvoy bizning gulzorda” syujetli-rolli o'yini.

  5. Bilmasvoy bilan nimalarni bilib olganligi to'g'risida suhbat.

Qo'shimcha qism: MTTning gulzoriga sayr uyushtirish.

E'tiborga moyillik jihati: o'yin jarayonidagi hamkorlari bilan do'stona muloqotda bo'lish.

Til, nutq va savodxonlikka orgatish



Mavzu: “Gullar” ta'limiy o'yini

Maqsad: bolalar gullammg nomi, ularning qayerda o'sishi, tuzilishi, barglarining shakli, poyasi va gullaridagi farqlarni, ba'zi gullarning shifobaxsh xususiyatlarini biladilar.

Kerakli jihozlar: gulzordagi gullar rasmlari, AKT.

Faoliyatning borishi:

  1. O'yin qoidasini tushuntirish: etishmagan qismni topish va o'z joyiga joylashtirish.

  2. O'yin jarayoni.

  3. O'yinni muhokama qilish va xulosalash: qilgan ishlarni izohlab berish.

Qo'shimcha: bolalarga gullar haqida she'r ayttirish.

E'tiborga moyillik jihati: izohlash jarayonida fikrlarni aniq va to'liq gap bilan ifodalash.

San'at



Mavzu: Kungaboqar

Maqsad: bolalar kungaboqar gulini tasvirlaydilar.

Kerakli jihozlar: yirtib yopishtirish usuli uchun zarur materiallar, chizma

Faoliyatning borishi:

  1. Kungaboqar gulini kuzatish.

  2. Yirtib yopishtirish usulichizmasi bilan tanishish.

  3. Bajariladigan ishni rejalashtirish.

  4. Kerakli anjomlarni tanlash.

  5. Ij odiy ish jarayoni.

  6. Applikatsiyalar ko'rgazmasini tashkil etish.

Qo'shimcha: applikatsiyalarni do'stlariga sovg'a qilish taklif qilinadi.

Alohida e'tibor qaratiladi: yirtib yopishtirish usulidan foydalanish malakasi.

Qurish, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu: Gullar uchun guldon. Jamoa ishi

Maqsad: bolalar guldonni turli shaklini yasaydilar, materialdan maqsadli foydalanadilar.

Kerakli jihozlar namuna, kubik, lego, sun'iy gullar.

Faoliyatning borishi:

  1. Namunani o' rganish.

  2. Kerakli materialni tanlash.

  3. Ishni rejalashtirish.

  4. Jamoa ishi.

  5. Tayyor ishni sun'iy gullar bilan to'ldirish.

Qo'shimcha: “Origami” usulida turli gullarni yasash va guruhni gullar bilan bezatish.

Alohida e'tibor qaratiladi: jamoa bo'lib ishlash, fikrlami hurmat qilish.

Fan va tabiat



Mavzu:Nobud bo'layotgan gulni parvarishlash.

Maqsad: bolalar o'simlikni qayta tirilish jarayonini kuzatadilar, bunday gullarni mustaqil ravishda parvarishlay oladilar.

Kerakli jihozlar: nobud bo'layotgan gul, suv, idish.

Faoliyatning borishi:

  1. Amaliy tajriba: nobud bo'layotgan gulni parvarishlash.

  2. Gulni suvli idishga solish va uni kun davomida kuzatib borish.

  3. Amaliy tajriba natijasini muhokama qilish.

Qo'shimcha: tashkilot gulzoridagi gullarni sug'orish.

E'tiborga moyillik jihati: ozoda, tartibli ishlash, parvarishga muhtoj gul bilan sog'lom gulni farqlash.

San'at



Mavzu:Binafsha va ninachi

Maqsad: bolalar binafsha shaklini loy yoki plastilindan yasaydilar, gullar nomlarini farqlaydilar.

Kerakli jihozlar: loy, plastilin, doska, salfetka, stek, yelim likopcha, namuna.

Faoliyatning borishi:

  1. Namunani kuzatish.

  2. Mavzu asosida loy yoki plastilin ishi.

  3. Binafsha va ninachini yelim likopcha ustiga joylashtirish.

  4. Do' stlari bilan bajarilgan ishlar tahlilini qilish.

  5. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: tayyor ishlarni tabiat burchagiga qo'yish.


Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin