E'tiborga moyillik jihati: o'yin jarayonidagi hamkorlari bilan do'stona muloqotda bo'lish.
Til, nutq va savodxonlikka orgatish
Mavzu: “Gullar” ta'limiy o'yini
Maqsad: bolalar gullammg nomi, ularning qayerda o'sishi, tuzilishi, barglarining shakli, poyasi va gullaridagi farqlarni, ba'zi gullarning shifobaxsh xususiyatlarini biladilar.
Kerakli jihozlar: gulzordagi gullar rasmlari, AKT.
Faoliyatning borishi:
O'yin qoidasini tushuntirish: etishmagan qismni topish va o'z joyiga joylashtirish.
O'yin jarayoni.
O'yinni muhokama qilish va xulosalash: qilgan ishlarni izohlab berish.
Qo'shimcha: bolalarga gullar haqida she'r ayttirish.
E'tiborga moyillik jihati: izohlash jarayonida fikrlarni aniq va to'liq gap bilan ifodalash.
San'at
Mavzu: Kungaboqar
Maqsad: bolalar kungaboqar gulini tasvirlaydilar.
Kerakli jihozlar: yirtib yopishtirish usuli uchun zarur materiallar, chizma
Faoliyatning borishi:
Kungaboqar gulini kuzatish.
Yirtib yopishtirish usulichizmasi bilan tanishish.
Bajariladigan ishni rejalashtirish.
Kerakli anjomlarni tanlash.
Ij odiy ish jarayoni.
Applikatsiyalar ko'rgazmasini tashkil etish.
Qo'shimcha: applikatsiyalarni do'stlariga sovg'a qilish taklif qilinadi.
Alohida e'tibor qaratiladi: yirtib yopishtirish usulidan foydalanish malakasi.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
Mavzu: Gullar uchun guldon. Jamoa ishi
Maqsad: bolalar guldonni turli shaklini yasaydilar, materialdan maqsadli foydalanadilar.
Kerakli jihozlar namuna, kubik, lego, sun'iy gullar.
Faoliyatning borishi:
Namunani o' rganish.
Kerakli materialni tanlash.
Ishni rejalashtirish.
Jamoa ishi.
Tayyor ishni sun'iy gullar bilan to'ldirish.
Qo'shimcha: “Origami” usulida turli gullarni yasash va guruhni gullar bilan bezatish.
Alohida e'tibor qaratiladi: jamoa bo'lib ishlash, fikrlami hurmat qilish.
Fan va tabiat
Mavzu:Nobud bo'layotgan gulni parvarishlash.
Maqsad: bolalar o'simlikni qayta tirilish jarayonini kuzatadilar, bunday gullarni mustaqil ravishda parvarishlay oladilar.
Kerakli jihozlar: nobud bo'layotgan gul, suv, idish.
Faoliyatning borishi:
Amaliy tajriba: nobud bo'layotgan gulni parvarishlash.
Gulni suvli idishga solish va uni kun davomida kuzatib borish.
Amaliy tajriba natijasini muhokama qilish.
Qo'shimcha: tashkilot gulzoridagi gullarni sug'orish.
E'tiborga moyillik jihati: ozoda, tartibli ishlash, parvarishga muhtoj gul bilan sog'lom gulni farqlash.
San'at
Mavzu:Binafsha va ninachi
Maqsad: bolalar binafsha shaklini loy yoki plastilindan yasaydilar, gullar nomlarini farqlaydilar.
Kerakli jihozlar: loy, plastilin, doska, salfetka, stek, yelim likopcha, namuna.
Faoliyatning borishi:
Namunani kuzatish.
Mavzu asosida loy yoki plastilin ishi.
Binafsha va ninachini yelim likopcha ustiga joylashtirish.
Do' stlari bilan bajarilgan ishlar tahlilini qilish.
Rag'batlantirish.
Qo'shimcha: tayyor ishlarni tabiat burchagiga qo'yish.