Kerakli jihozlar: o'rmon aks etgan shirma, ikki ayiqcha, ona ayiq, tulki, pishloq bo'laklari, har xil rangdagi geometrik shakllar chizilgan teatr chiptasi (shu shakllar stullarga ham chiziladi).
Faoliyatning borishi: Ertak syujetini esga olish.
Rollarni taqsimlash va qo'g'irchoq teatrini sahnalashtirish.
Qo'shimcha qism:sahnalashtirilgan ertakni boshqa guruh bolalariga namoyish etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: bir-biriga do' stona munosabatda bo'lish, bo'lishish va imkon berishga o'rgatish.
San'at
Mavzu: O'yinchoqlar
Maqsad: bolalar o'zlari yoqtirgan o'yinchoqlarini loydan tasvirlaydilar, toza va tartibli ishlash ko' nikmalarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar:plastilin, sho'r xamir, loy, qo'l artish uchun salfetka, doska, stek.
Faoliyatning borishi: Turli o'yinchoqlar rasmlarini tomosha qilish.