Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme
Maktabgacha ta’lim bo’limlarining maqsad,vazifalari va huquqlari.
Quyidagilar Maktabgacha ta’lim Vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlash;
- zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o'quv- tarbiya jarayoniga joriy etish;
-Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
- maktabgacha ta'lim muassasalarini milliy madaniy- tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizimini yaratish hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarga tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish;
- maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar, shu jumladan, to'laqonli va ratsional, muvozanatli, sog'lom va to'g'ri ovqatlanishni ta'minlashga, asoslangan tibbiy ko'rsatmalar bilan belgilanadigan hajmlarda va intensivlikda ko'ngilochar va bilim beruvchi mashg'ulotlar elementlari bo'lgan serharakat o'yinlar va mashqlar uyushtirishga yo'naltirilgan shart-sharoitlar yaratish;
- O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish hamda ularning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish bo'yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
Quyidagilar maktabgacha ta'lim tuman (shahar] bo'limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sohasida o'zaro hamkorlik qilish;
maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha ta'lim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'llab- quvvatlash va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish;
tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish. Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'llab- quvvatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanishni tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish- xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul qiladi. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlarining huquqlari va javobgarligi Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar] bo'linmalaridan, maktabgacha ta'lim muassasalaridan o'z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan axborotni belgilangan tartibda so'rash va olish; davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo'yicha davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini o'rganish; davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish; bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo'yicha nodavlat ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qilish; o'z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko'rib chiqish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega. Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari: maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash; Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalariva Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari; maktabgacha ta’lim sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash; maktabgacha ta'lim masalalariga doir takliflarni tayyorlash va maktabgacha ta'lim masalalari yuzasidan tumanni [shaharni] rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish; tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo'yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yo'l xaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.