Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment ”


Nazoratchi-metodistga (Respublika, viloyat, shahar, tuman nazoratchi-metodisti lavozimiga) qo'yiladigan asosiy talablar



Yüklə 125,5 Kb.
səhifə6/18
tarix09.12.2022
ölçüsü125,5 Kb.
#73289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme

Nazoratchi-metodistga (Respublika, viloyat, shahar, tuman nazoratchi-metodisti lavozimiga) qo'yiladigan asosiy talablar:

  • eng ilg'or, yuksak pedagogik tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lgan, maktabgacha ta'lim tizimi ishini, tamoyillarini puxta egallagan, oliy maxsus ma'lumotga, ish stajiga ega bo'lgan;

  • har tomonlama tayyorgarlik ko'rgan, o'z ishini ustasi, dunyoqarashi keng, ta'lim to'g'risidagi Davlat siyosatini puxta egallagan, nazoratchi-metodist-mutaxasslslik malakalariga ega bo'lgan;

  • xolis, vijdonli, davlat nuqtayi nazari, qiziqishlari asosida ish yurituvchi, javobgarlikni his etuvchi, aniq, xushyor, tartibli, talabchan, o'z so'zida tura oladigan, kamchilikka murosasiz bo'lgan;

  • maktabgacha ta'lim ravnaqi uchun eng samarali, foydali, kerakli, asosiy vazifalarni o'z vaqtida aniqlay olishi, qisqa muddatda bajara olish xususiyatiga ega bo'lgan;

  • maktabgacha ta'lim tashkiloti ishini har tomonlama chuqur tahlil qila olishi, ishdagi kamchiliklar o'z vaqtida bartaraf etish choralarini tezda aniqlab olishi, bajarishi;

  • Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktabgacha ta'lim tashkilotiga doimiy amaliy yordam berish;

  • yangilikka intilish, tashviqot qilish, pedagoglarning ilg'or ish tajribalari amaliyotga yangi texnologiya asosida kiritish;

  • g'oyaviy, siyosiy, pedagoglik bilimi ustida tinmay ishlash.

  • Nazoratchi-metodist 3 yilda 1 marta malaka oshirish kurslarida o'z malakasini oshiradi.

Nazoratchi-metodist tumanda maktabgacha ta’lim ishining tashkilotchisi va rahbari, malakali pedagog-metodist, davlat nazoratchi-metodisti.
U siyosiy jihatdan savodli, axloqiy mustahkam bo'lishi, ishiga davlat nazaridan yondashishi, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga rahbarlik masalalarini operativ hal qilishi, ular ishini obyektiv va alohida-alohida baholash, talabchanlik bilan tekshirishni amaliy yordam ko'rsatish bilan olib borgan holda, kishilar bilan ishlay bilishi, pedagoglik nazokatini namoyon qilishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishining hamma bo'limlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun nazoratchi- metodist o'z ishini aniq rejalashtirish, keng jamoatchilikka suyanish lozim.
Nazoratchi-metodist aholining maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bo'lgan talabini qondirishga alohida e'tibor beradi. Shu maqsadda u maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirishning kundalik va istiqbol-rejalarini tuzishda ishtirok etadi va yangi tashkilotlarini foydalanishga topshirilishini muntazam tekshirib turadi. Nazoratchi- metodist Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rentabel ishlashiga erisha borib, ularning xalq, xo'jalik rejalarini bajarishini qat'iy nazorat qiladi, qishloqda maktabgacha ta'lim tashkilotlari qurilishiga katta e'tibor beradi, ular moddiy ba’zasini yaxshilanishiga g'amxo'rlik qiladi.
Nazoratchi-metodist moliya masalalarini tushunishi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini jihozlash, bolalarni ovqatlantirishga oid me'yoriy hujjatlarni bilishi, tashkilotni saqlash uchun ajratilgan pul mablag'Iarini o'z vaqtida berilishi va to'g'ri sarflanishini muntazam tekshirib turish, markazlashtirilgan buxgalteriya bilan hamkorlikda ishlash kerak. Nazoratchi-metodist maktabgach ta'lim muassasiga borganida metodik, tarbiyaviy va ma'muriy-xo'jalik ishlar ahvolini o'rganadi, ilg'or tajribani, ishdagi kamchiliklarni aniqlaydi, zarur yordam ko'rsatadi.
U «Ilk qadam» davlat Dasturining bajarilishini nazorat qiladi, pedagogik kadrlar tarkibi va ularning joylashtirilishini o'rganadi, ularning malakasini oshirishga qaratilgan tadbir belgilaydi.
Ota-onalar qo'mitasi faoliyatiga rahbarlik qilish va aholi orasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish ishlarini tashkil qilish nazoratchi ishida muhim rol o'ynaydi, u bu ishning mazmunini va shakllarini tuman sharoitiga muvofiq ravishda belgilaydi. Maktabgacha ta'lim bo'limlariga to'liq, rahbarlik maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri, nazoratchi, metodist tomonidan ishlab chiqilgan yillik reja asosida olib boriladi.
Rejaning kirish qismida avvalgi o'tgan o'quv yiliga tavsifnoma, qaysi va nechta maktabgacha ta'lim tashkilotlari qurildi, metodik ishlar qay darajada olib borildi, ilg'or ish tajribalari qanday umumlashtirildi, tashkiliy-xo'jalik ishlari, tuman kengashlari, umuman barcha bajarilgan ishlarga tahlil beriladi.

Yüklə 125,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin