minerologiya ― javohir va la`llarni o`rgatadi; dorishunoslik ― tibbiyot ilmlaridan
xabardor qiladi. Beruniy fanlarni ta`riflash bilan birga ularni o`qitishning quyidagi
muammolarini bayon etgan:
Ta`limda o`qituvchini zeriktirmaslik uchun o`rganiladigan fanlarni almashtirib turish
kerak. O`quvchi fandan – fanga o`tib tursa turli bog`larda yurganga o`xshaydi. Birini ko`rib
ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u “Har bir narsada o`ziga o`ziga yarasha lazzat bor”
deyilganidek, ularga qiziqadi va o`qishni istaydi. Bir narsaning bayoni bolani charchatadi
va xotirasida hech nimani saqlay olmaydi. Beruniy ilmni quyidagi uch yo`l bilan hosil
bo`lishini alohida uqtirgan:
1.
Har bir ilm va san`atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shuni to`g`ri
boshlash zarur.
2.
Ilm boshlanish joyiga yaqinlashgan sari to o`ziga borib yetguncha
soddalashtirib borish.
3.
Ilm o`rganish va sabrni talab etadi. Shoshilish kerak emas.
Beruniy ilm ahlini hurmat qilinsagina, ilmlar yanada rivojlanib ketishini qayta-qayta
uqtirgan edi. O`zi esa juda ko`p olim va podsholarga saboq ham bergan. Beruniyning
tolmas zakovatidan Sulton Mas`ud ham bahra olgan, ya`ni undan falakiyotshunoslik ilmini
o`rgangan. Beruniy tahlilidagi darsliklar g`oyat tushunarli, sodda bo`lib, ilmga cheksiz
muhabbat uyg`otgan.
Beruniy Sulton Mas`udga bolalar uchun kitob yaratishda quyidagilarga e`tibor berish
zarurligini aytgan:
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
15
1.
Kitob yozgan muallif uni o`qishli qilib yoza bilishi kerak
2.
Bunday kitoblar ko`p bilimlarni jamlagan va mutolaa uchun qulay, yengil
o`qiladigan bo`lishi lozim.
3.
Hozirgi munajjimlarning kitob bitishlarida boshqa usul va iboralarni qo`llash
zarur.
Beruniy “Hindiston” nomli asarida hindlarning urf – odatlari bilan birga, ularning
o`qitish usullari haqida ham qimmatli ma`lumotlarni keltirgan.
Beruniy ilmsiz kishilarning ko`ngli xurofotga moyil bo`lishini, yolg`on xuddi suv
yuzidagi ko`pikdek yo`q bo`lib ketishini ta`kidlab, ana shu fikrlarning to`g`riligini qator
asarlarida turli voqea va hodisalarni bayon qilish orqali isbotlagan.
Beruniyning fikricha, insonlar hayotidagi zarurat va ehtiyojlar ularda ilm olish uchun
talablarni keltirib chiqardi. Shu talablarga ko`ra, ilm har xil tarmoqlarga bo`linadi. Ilm
insonga boylik orttirish uchun emas, balki o`zi qiziqqan va zarur narsalarni bilish uchun
kerak.
Beruniy ilmni keyingi avlodlarga yetkazuvchi vosita til, deb hisoblagan va uning
ahamiyatini asoslab bergan. “Til ― so`zlovchining istagini eshituvchiga yetkazadigan
tarjimondir... Agar insondagi so`zlash quvvati hamma joyga shamol singari yoyilmaganda
va zamonlarga narsalar singari o`tuvchi xat yozish san`atini keltirib chiqarmaganda o`tmish
zamon xabarlarini keyingi avlod qayerdan bilar edi”, deb yozgan.
Beruniy xat yozish tarixini quyidagicha bayon etgan: Islomshunos allomalar dastlabki
paytlarda islom qoidalarini oshlangan terilarga yozganlar. Masalan, haybarli yahudiylar
bilan tuzilgan shartnoma, payg`ambarning Eron podshohi Xisravga yozgan maktublari ham
shunday terilarga yozilgan. Shunga o`xshash, Qur`on va Tavrot ham kiyik terisiga yozilgan
edi. Asl qog`ozni samarqandlik bir asir olingan olim kashf etgan.
Beruniy “Hindiston” asarida kishilarning xatlariga quyidagicha fikrlar bildirgan edi.
Hindlarning xatlari eskirib unutilgan, hech bir kishi bunga ahamiyat bermagan. Nihoyat,
ular savodsiz bo`lib qolganlar. Natijada ular ilmdan uzoqlashganlar. Oqibatda V`yosa ibn
Paroshara ular ishlayotgan ellikta harfni ijod etganlar. Ularga “ akshara” deb nom berganlar.
Asezas va hikmatni abadiy (dunyoda) qoldirish uchun oltita raqam shaklini ko`rsatdi. Bu
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
16
Bani Isroilning hukmronlik davriga tog`ri kelgan edi. Keyinroq Komush va Lgenon haligi
harflarni yunonlarga olib keldi. Olim Simonides bu harflarga yana 4 harf qo`shdi.
Afinaliklar esa 24 ta harfdan foydalanganlar. Hindlarda (alifbeda) harflarning soni ancha
ko`pdir.
Abu Rayhon Beruniyning fikricha inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin
insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday bo`lganligini
tushuntirganda Xudoga murojaat qilib, insonni Xudo azaldan shunday yaratgan deydi.
Beruniyning ruhiy va moddiy extiyojlarning roli haqidagi fikri o`sha davr uchun
nixoyatda qimmatli fikr edi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojlari
rolini ko`ra oladi.
Beruniyning fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va ijtimoiy holatini
belgilaydi. Inson o`z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi deydi.
Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e'tibor bergan. Har bir axloqan
barkamol inson o’zining turmush tarzini uyg’un, go’zal eta oladi. Uyg’unlik, go’zallik va
nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi - ozodlik, tarbiyalilik
bo`lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi, deydi. Shuning uchun inson o’z
tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb ko’rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi
bilan tashqi go’zalligi, turmush tarzidagi go’zallikning uyg’un bo’lishi talab etiladi.
Bunga inson kiyadigan kiyimidan kundalik turmushdagi yurish-turishi, so’zi, qalbi, qilgan
ishi – hammasining go’zal bo’lishi ta'kidlangan.
Har bir shaxsda sharm-hayo, ozodalik, nafis did, iffat, latofat, shirinsuxanlikning
tarkib topishi turmushning go’zal bo`lishiga olib keladi.
Olimning inson turmushiga xos hulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan
muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go’zal bo’lsagina
haqiqiy kamolotga erishishi mumkin. U ozodlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson
doimo bularga rioya etishi zarur, deb ta'kidlaydi. Bunda inson o’zini boshqara olishga
qodir bo’lishi, har bir etuk inson uchun zarur bo’lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch
va irodaga ega bo`lishi zarur, deydi. «Minerologiya» asarida bu fikrni quyidagicha
ifodalaydi: «Inson o’z ehtiroslariga hukmron, ularni o’zgartirishga qodir, o’z jon va tanini
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
17
tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga hamda asta-sekin,
axloq haqidagi kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir»
Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi.
Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga inson sifatida
muomala qilishni nazarda tutadi.
Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida
muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi.
Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini
keltiradi. Ayniqsa ilm ahli - olimlar mehnatiga alohida e'tibor berish, hayrixoh bo’lishga
chaqiradi, ularni ma'rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb,
biladi: shu bilan birga, og’ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar,
dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag’batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa,
podshohlar bunday mehnat ahliga g’amxo’r bo’lishi kerakligini alohida eslatadi. Chunki
ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb ta'kidlaydi.
Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan,
bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak, deydi. Mehnat tarbiyasida o’sha davr
tarbiya an'anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Buni E.To’raqulov va
S.Rahimov «Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta'lim-tarbiya haqida» nomli risolalarida juda
yaxshi bayon etganlar. Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar,
toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar
o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika
fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita
ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida bajarilgani shogirdlarning
malakali usta bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Shuning uchun ham
o’sha davrda Xuroson va Movarounnahr metallurgiya, konchilik, to’quvchilik, zeb-ziynat
buyumlari yasash, qog’oz, oyna ishlab chiqarish va boshqa sohalarda dunyo bozorida nom
chiqargan.
Hunarmandchilikning bunday yakka holda o’rgatilishi malakali kasb egalarining yetishib
chiqishiga yordam bergan, halol va vijdonan mehnat qilishga yollaganki, bu insonning
kamolga yetishiga muhim pog’ona bo’lgan. Zero, qadimdan har bir yetuk inson u
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
18
shohmi, oddiy fuqaromi hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan. Shunga
ko’ra, buyuk shohlar ham, beklar ham, katta mol-mulk egalari bo’lgan boylar ham, oddiy
fuqaro ham o’z farzandini bilimli bo’lish bilan birga, hunarli bo’lishiga ham e'tibor bergan
va bu yozilmagan qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki kishilik jamiyati paydo
bo’lgandan kishilar o’z mehnati, hunari bilan kun kechirishga majbur bo’lgan va bu hayot
taqozosi sifatida qabul qilingan.
Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u ilmli
bo’lishi bilan birga, mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak, deydi.
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi davr
pedagogikasi ham e'tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Muayyan bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta'sirini inkor
etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o’z zamondoshlari - buyuk
mutafakkirlar Forobiy, ibn Sino kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb
hisoblaydi. Ya'ni u insonning kamolotga yetishida ilm-u ma'rifat, san'at va amaliyot
asosiy o’rin tutadi, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta
ahamiyatga ega bo’ladi, deydi.
Abu Rayhon Beruniy nazarida, inson kamolga yetishining eng muhim omillari ilm-
ma'rifatli bo`lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta'lim metodlari
haqidagi qarashlari bilan ta'lim nazariyasida o’ziga xos maktab yaratdi.
Yoshlarni tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi,
insonning shaxsiy gigiyenasi, xalqlar o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar
katta ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari sifatida yaxshilik,
to’g’rilik, adolat, kamtarlik,saxovat, olijanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat va hunar
egallash, poklik, go’zallikka intilish kabilarni ilgari surgan. Bularning barchasini u
yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog’lab tushuntirgan.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga
oid fikrlari faqat o’z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta'lim-tarbiya ishlarini
takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
19
Zero, uning o’zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti
va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma'naviy me'ros
qoldirdi.
Beruniy Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan biri sifatida nom qozondi.
Dostları ilə paylaş: |