Metodikasida interfaol metodlardan foydalanish



Yüklə 71,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü71,44 Kb.
#179970
1   2   3   4
boshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitish-metodikasida-interfaol-metodlardan-foydalanish

O‘quvchilarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlash.
I–IV sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy 
vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo‘yicha qanday darajada 
tayyorgarligi borligiga bog‘liq. 
Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o‘quvchilarining 
bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlarini 
yaxshi biladigan o‘quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O‘qituvchi quyidagi 
tartibda o‘quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi: 
1. Nechagacha sanashni biladi?
2. Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi? 
3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?.
4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi? 
5. Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’lumlarni topa 
oladimi?
6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi? 
7. Nechagacha sonlarni yoza oladi? 
8. O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, og‘ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi? 
9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og‘irlik o‘lchov birliklari bilan muomala qila 
oladimi? 
Bolalarni o‘qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, 
umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini 
shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday ishlar o‘quvchilarnig og‘zaki va 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
133


yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni 
o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi. 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va 
ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini 
kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan 
bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan 
yuritiladi. Quyida amaliyotida foydalaniladigan interfaol metodlardan bir 
nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so‘z yuritamiz. 
“Fikriy hujum” metodi 
Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini 
ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash 
inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, 
shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo 
bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi. 
“Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning 
asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga 
tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va 
hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad 
o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim 
jarayonida ushbu metoddan foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va 
tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi. 
“Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 15 
nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg‘ulot 
bir saotga qadar tashkil etilishi mumkin. 
“Yalpiy fikriy hujum” metodi 
Ushbu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha 
o‘n (20-60) nafar o‘quvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin. 
Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun 
sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga 
olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq 
yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh 
a’zolaridan biri axdorot beradi. 
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) 
o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho 
beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning 
yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. 
Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari 
darajasiga ko‘ra baholab boriladi. 

Yüklə 71,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin