tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va
mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
“6x6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
-
guruhlarning har bir a’zosining faol bo‘lishiga undaydi;
-
ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
-
guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil
qiladi;
-
ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini
himoya qilishga o‘rgatadi.
Eng muhimi, mashg‘ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa)
mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida
faoliyat olib boradi.
Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha
guruhlarda qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida “6x6x6”
metodi
qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda
munozara uchun ham, axborot berish uchun birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z
yuritilayotgan metod qo‘llanilayotganda mashg‘ulotlarda quruhlar tomonidan bir yoki
bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud.
“6x6x6”
metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik,
pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish
layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq
yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu metod yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1.
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul
qo‘yib chiqadi.
2.
O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni
guruhlaga bo‘lishda har o‘rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z
o‘rinlariga joylashadilar.
3.
O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini
e’lon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib,
munozara jarayoni tashkil etiladi.
4.
O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh
a’zolariga maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘ruqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan
berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng
guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.
Dostları ilə paylaş: