Metodikasida interfaol metodlardan foydalanish



Yüklə 71,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü71,44 Kb.
#179970
  1   2   3   4
boshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitish-metodikasida-interfaol-metodlardan-foydalanish



BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH 
METODIKASIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH 
 
Ismoilova Habibaxon G'aniyevna 
Jalaquduq tuman 13-maktab
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish 
metodikasi va ta’lim texnologiyalari, fanlar bilan bog’liqligi, o`qitish samaradorligini 
oshirish bo’yicha fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: 
Pedagogika, psixologiya, boshlang‘ich matematika, fikriy hujum 
USE OF INTERACTIVE METHODS IN METHODS OF TEACHING 
MATHEMATICS IN PRIMARY SCHOOLS 
 
Ismoilova Habibakhon Ganiyevna 
Jalakuduk district, School №13 
Abstract:
This article provides ideas on mathematics teaching methods and 
teaching technologies in primary school, their relevance to the sciences, and 
improving teaching effectiveness. 
Keywords:
Pedagogy, psychology, elementary mathematics, brainstorming 
 
Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni 
umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi. 
Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining mazmunini va 
tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini 
o‘rgatadi. 
Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish 
formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. 
Ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu metodika 
o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan 
chambarchas bog‘liqdir. 
1) O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan; 
2) Pedagogika; 
3) Psixologiya; 
4) Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...). 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish kursi o‘quv predmetiga aylangan. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalari: 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
130


1) ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi, 
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berishi kerak; 
3) o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi kerak; 
4) ta’limni insonparvarlashtirish; 
5) matematika o‘qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadr-
qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko‘rsatib beradi; 
6) o‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V–VI sinf 
matematikasi mazmuni bilan bog‘lab o‘qitishni ko‘rsatadi. 
Boshlang‘ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo‘yilgan 
“o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan 
foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, 
kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish” kabi vazifalarni hal 
qilishda yordam berishdan iborat. 
Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich 
kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi: 
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi. 
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi. 
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi. 
Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo‘yadi: 
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu 
bilimlar matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, 
ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. 
Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan 
bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning 
asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim 
bo‘ladi; 
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini 
to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish 
malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak. 
d) o‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga 
o‘rgatish. 
Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish 
xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi 
vazifalarni qo‘yadi: 
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash. 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
131


Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy 
fikrlash 
qobiliyatlarini 
shakllantirish 
bilan 
birga 
ularda 
matematikaning 
qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. 
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. 
Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular 
orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga 
quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda 
uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, 
o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni 
mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish, 
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish 
malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadvallar va 
hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. 
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. 
O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini 
ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, 
og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak. 
O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning 
o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni 
amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilardan og‘zaki 
so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik 
vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o‘quvchilarning 
yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan 
foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga 
oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. 
Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat 
ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari 
yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi 
masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari 
boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish 
uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab 
uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni 
amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir. 
Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy 
topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar 
tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
132


bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni 
to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri 
boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik 
materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va 
tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir 
barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday 
o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira 
olmaydi. 
Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini 
o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga 
muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham 
mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilimlarni 
o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun 
nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy 
vazifalaridan biridir. 

Yüklə 71,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin