Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162
1666003133-1

Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish,
tasdiqlash tartibi davlat standarti O‘z DSt 1.8:1994 «O‘z SDT.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish,
tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish tartibi»da belgilangan.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar quyidagi hollarda ishlab
chiqiladi:
— tashkiliy-metodik yoki umumtexnikaviy tarzdagi standart-
lashtirish obyektlariga talablar ushbu obyektlarga xos standartlarni
ishlab chiqishdan avval amalda tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda;
— metodlarning (mahsulot sifatini tekshirish va sinash metodlari
bundan mustasno) tegishli tashkiliy-metodik standartlari va umum­
texnikaviy standartlarining talablarini to ‘ldirish lozim bo‘lganda;
— tashkiliy-metodik tarzdagi talablar O‘z DSt 1.0:1998 (stan-
dartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish idoralari va xizmat-
larining vakolatini belgilovchi rahbariy hujjatlar, standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish
tartibi to ‘g‘risida, davlat nazorati to ‘g‘risida rahbariy hujjatlar va
h.k.) bo‘yicha standartlashtirish obyektlari bo‘lmagan hollarda.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amaldagi standartlarning
talablarini takrorlamasligi yoki ularga zid kelmasligi lozim.
Rahbariy hujjatlar mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
— yo‘riqnomalar (qoidalar);
122


— metodik ko‘rsatmalar;
— nizomlar (namunaviy nizomlar).
Rahbariy hujjatlar belgilangan amal doirasida va qo‘llanish soha­
sida majburiy bo‘ladi.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amal qilinish doirasiga
ko‘ra tarmoqlararo (davlat) va tarmoq xillariga ajraladi.

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin