Metrologiya va standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar
Metrologiya va standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar 608-19 EA guruh talabasi Ruxilloyev Yoqubning Metrologiya va standartlashtirish fanidan bajargan mustaqil ishi Reja. 1. Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar 2. Standartlashtirish bo’yicha mintaqaviy tashkilotlar 3. Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar
ISO
Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot
International sandartization organization
IEC
Elektrotexnika bo’yicha xalqaro komissiya
International elektrotechnical commission
ITU
Elektroaloqa sohasida xalqaro uyushma
International telecomunication union
ISO ofisi 1947-yil
Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) 1946 yilda BMTning standartlarni muvofiqlashtirish qumitasi tomonidan tashkil etilgan va shu yili uning Nizomi qabul qilingan. Nizomda uning maqomi, tarkibi, quyi idoralari, vazifalari va ish uslublari belgilangan, ISOning birinchi Bosh assambleyasi 1946 yil 14 oktyabrda bo’lib o’tgan. ISO o’z faoliyatini 1947 yil 23 fevralda 15 davlatning standartlashtirish bo’yicha idoralari tomonidan Nizom ratifikatsiya qilingandan so’ng rasman boshladi. Shu kuni ISOning rasmiy tashkil etilgan kuni hisoblanadi. Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar orasida birinchilar qatorida tashkil etilgan. 1881 yilda birinchi marta elektr sohasi bo’yicha Xalqaro kongress bo’lib o’tdi. Keyinchalik 1904 yilda o’tgan Xalqaro kongressda elektrotexnika sohasida standartlashtirish ishlarini olib borish uchun maxsus idora tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1906 yilda London shahrida bolib o’tgan konferentsiyada 13 ta davlat vakillari tomonidan qabul qilqingan qarorga ko’ra Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) tashkil etildi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Davlatlararo kengash Mustaqil davlatlar xamdo’stligi mamlakatlari xukumatlari raxbarlari 1992 yil 3 martda Minsk shaxrida imzolagan “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida kelishilgan siyosatni olib borish bo’yicha Kelishuvga ko’ra, - milliy idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, - davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarida to’siqlarni bartaraf etish maqsadida, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Davlatlararo kengash tashkil etildi. Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar asosiy vazifasi global metrologik tizimni yaratishdir Buning uchun quyidagilarga e’tibor beriladi: • xalqaro birliklar tizimi SI da o’lchashlar birliligini ta’minlashga; • ruxsat etilgan noaniqligi doirasida o’lchashlarning ishonchliligiga; • xalqaro tan olingan sifat tizimlariga rioya qilinishiga; • xujjatlar bilan tasdiqlanadigan layoqatligini tekshirish shaffofligiga. Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar xarakati bilan ko’pchilik davlatlarda Xalqaro birliklar tizimi SI, umumiy atamalar va o’lchash vositalarining metrologik xarakteristikalarini me’yorlash va ularni sinash hamda sertifikatlashtirish usullari bo’yicha tavsiyalar qabul qilingan. O’lchov va og’irliklar bo’yicha xalqaro byuro 1875 yilda Parijda 17 davlatlar tomonidan Metrik konventsiya imzolanishi bilan birga, O’lchovlar va og’irlik bo’yicha Xalqaro byuro (BIPM – Bureau International des Poids et Mesures) tashkil etildi. Xozirda bu tashkilot 100 dan ziyod davlatlarda metrologik faoliyatni muvofiqlashtiradi. Bu tashkilot Frantsiyada joylashgan bo’lib, metr va kilogrammning hamda boshqa ayrim xalqaro etalonlarning prototiplarini saqlaydi, ularni milliy etalonlar bilan taqqoslashni tashkil etadi. O’lchovlar va og’irlik bo’yicha Xalqaro byuro asosiy vazifalari - o’lchashlarning xalqaro birliligini va ularni Xalqaro birliklar tizimi SIga muvofiqligini ta’minlash, - metrik o’lchashlar tizimini va o’lchamlar birliklari xalqaro etalonlarini takomillashtirish, - aniq o’lchashlarning yangi usullari va vositalarini ishlab chiqish va qo’llashdir Qonunlashtiruvchi metrologiya bo’yicha Xalqaro tashkilot
1956 yilda Qonunlashtiruvchi metrologiya bo’yicha Xalqaro tashkilot (фр. Organisation Internationale de Métrologie Légale, OIML, англ. International Organization of Legal Metrology) tashkil etildi. Unga xozirda 85 davlat a’zodir. QMXT qonunlashtiruvchi metrologiyaning quyidagi umumiy masalalari bilan shug’ullanadi: - o’lchash vositalarining aniqligi sinflarini belgilaydi; - o’lchash vositalarining turlariining birxilliligini tahminlaydi; - o’lchash vositalarining sinovlari bo’yicha tavsiyalarini ishlab chiqadi; -o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash tartibi boyicha tavsiyalarini ishlab chiqadi
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |