Tezlikni avtomatik holda tartibga soluvchi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi (ALS-ARS). Poyezdni boshqarish kabinasiga signal ko‘rsatkichlarini uzatilishi, yo‘lning bo‘shligi va poyezd harakat tezligini uzluksiz nazorat qiluvchi, tezlik oshib ketgan taqdirda uning avtomat tarzda kamaytirilishini ta’minlovchi vositalar tizimi.
Avtoblokirovkaning blok-uchastkasi. Ikkita svetofor (o‘tish, kirish, chiqish svetoforlari) oralig‘idagi yo‘l qismi.
ALS-ARS blok-uchastkasi. Rels zanjiri ohirida joylashgan, mazkur rels zanjirida ALS-ARS qurilmalari yo‘l qo‘yadigan tezlikda mazkur vositalardan tormoz berilganida hisoblangan tormozlanish masofasidan kam bo‘lmagan uzunlikdagi yo‘l. Tegishli rels zanjirlarining ajratuvchi ulanma joylari (boshi-ohiri) ALS-ARS book-uchastkasining chegaralaridir.
Poyezdni o‘ta ogohlik bilan haydash. Mashinist (lokomotiv brigadasi) poyezdning harakat sharoitlari, vaziyatda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga doimiy ravishda katta e’tibor berib borishi, uning harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlarni aniqlash va poyezdni to‘xtatish choralarini ko‘rishga har lahzada tayyorligi.
Yuklash gabariti. To‘g‘ri gorizontal yo‘lda turgan ochiq harakat tarkibidagi yukning (qadoqlash va mahkamlashni hisobga olinganda) tashqariga chiqmasdan joylashishi lozim bo‘lgan eng katta ko‘ndalang (yo‘l o‘qiga perpendikulyar) shakl.
Harakat tarkibi gabariti. To‘g‘ri gorizontal yo‘lda va hisoblangan radius egri chiziqda yuklangan va yuklanmagan holatda turgan harakat tarkibi (belgilangan eng katta joizliklar va eskirishlar, shuningdek ressorlardagi yonlama egilishlar hisobga olinganda) ichiga joylashishi lozim bo‘lgan eng katta ko‘ndalang (yo‘l o‘qiga perpendikulyar) shakl.
Asbob-uskunalarning yaqinlik gabariti. Harakat tarkibining tegishli qismlari (yo‘l avtoto‘xtatgichi turtgisi, tutashuv relsi va boshqalar) bilan bevosita o‘zaro tasirga kirishishga mo‘ljallangan vositalarning qismlaridan tashqari, asbob-uskuna va vositalar turlarining hech qanday qismlari ichiga kirishi lozim bo‘lmagan eng katta ko‘ndalang (yo‘l o‘qiga perpendikulyar) shakl.