Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə50/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

Zahiradaga ALS-ARS qurilmasi. Mashinist asosiy ALS-ARS qurilmasini o‘chirganida qo‘shimcha ishlatiladigan vosita.
Zahiradagi svetofor. Asosiy svetofor bilan bir stvorda yo‘lning o‘ng tomonida, o‘ng tomonidagi kichik radius egri chizig‘ida o‘rnatilgan svetofor. Asosiy svetoforning signal chiroqlari o‘chganida zahiradagi svetoforning signal chiroqlari yonadi.
Ishlar rahbari. Yo‘llardan foydalanish, inshootlar va qurilmalarda ishlarni boshqarish vazifasi yuklatilgan masul mansabdor shaxs.
Signal. Ma’lum buyruqni berish uchun qo‘llaniladigan shartli ishora yoki ovozli belgi.
Signal belgisi. Ma’lum toifa xizmatchilarning buyrug‘i yoki ko‘rsatmasini berish uchun qo‘llaniladigan shartli ishora belgi.
Signal belgilari jumlasiga chegaralovchi reykalar yoki ustunlar, bekatlar va harakat tezligining chegara belgilari, tortuvchi dvigatellarni o‘chirish yoki yoqish, tormozlash va boshqa belgilar kiradi.
Maxsus harakat tarkibi. Ajralmaydigan harakatlanuvchi jihozlar: platformalar, zumpf yoki yuvish agregatlari, qor tozalash mashinalari va boshqalar.
Bekat. Poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan rivojlangan yoki rivojlanmagan yo‘lli qurilmalar va vositalar, yo‘llari rivojlangan hollarda esa -- manyovr ishlarini amalga oshirish imkonini beruvchi majmua.
Yopiq turdagi bekatlar. Yo‘lovchilar zali yo‘l tonnellaridan avtomatik tarzda ochilib yopiladigan eshiklari bo‘lgan devorlar bilan ajratilgan bekat.
Bekat yo‘llari. Bekat doirasidagi yo‘llar - asosiy yo‘llar, poyezdlar aylanishi va to‘xtab turishi yoki elektr tokida ishlaydigan tarkib to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan qabul qilish - jo‘natish yo‘llari, park yo‘llari va boshqa yo‘llar.
Strelka. Strelka o‘tkazgichining ramali relslar, uchlar va o‘tkazish mexanizmidan iborat qismi.
Markazlashtirilmagan strelka. Uchlari o‘tkazish mexanizmi yordamida qo‘lda suriladigan strelka.
Markazlashtirilgan strelka. Uchlari Markazlashtirish postidan boshqariluvchi vositalar bilan suriladigan strelka.

Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin