Meva bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash. Reja



Yüklə 29,59 Kb.
səhifə3/6
tarix05.12.2023
ölçüsü29,59 Kb.
#173814
1   2   3   4   5   6
bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash.

Kimyoviy kurash. Ilgari hashoratning 1-nchi yosh lichinkalariga qarshi kuzda yoki erta bahorda daraxtlarni DNOK eritmasi yoki mineral yog’larning emulsiyasini purkab yuvish tavsiya etilgan edi. Ammo bu moddalar o’ta zaharliligi va inson sog’ligiga xavfliligi uchun ularni qo’llash hozirgi vaqtda man etilgan. Hozirgi paytda mavjud bo’lgan kimyoviy vositalarni hashoratning daydichlariga qarshi qo’llash tavsiya etiladi: buning uchun esa ob-havoni va hashoratlarning fenologiyasini tekshirib borib, daydichalar harakatda bo’lgan qisqa vaqtni (odatda 2-3 kun) to’g’ri aniqlash talab qilinadi. Tavsiya etilgan dorilar qatoriga Benzofosfat 30%em.k (2l/ga), Bi-5840em.k (1,0-1,2 l/ga) boshqalar kiradi. Biologik kurashda ba’zi mamlakatlarda AQSHdan olib kelingan Prospaltelia perniciosi Tow.hamda Xitoy va Korsyadan keltirilgan Prospaltelia spp. Va Aphytis prtala Wlk.parazitlarini ko’paytirib qo’llashmoqda.
Sharq mevaxo’ri - Grapholitha molesta Busck.
Tangaqanotlilar yoki Kapalaklar (Lepidoptera) turkumi. Bargo’rarlar (Torticidae) oilasiga mansub. Zararlanadigan o’simliklar. Olma, shaftoli, behi, nok, o’rik, olxo’ri, gilos, do’lana.
Zarari: Kapalak qurti Xitoyda nok mevalarining 50 foizigachasini nobad qiladi. Osiyo, Amerika va yevropada shaftolining mevalari va novdalarini 90 % gacha zararlaydi. Bu qurt olma va behi mevalariga xuddi olma qurti kabi zarar yetkazadi. SHaftoli, olxo’ri va o’rikka ham zarar yetkazadi. Zararalangan mevali daraxtlar nihollarininig novdalari bora-bora qurib qoladi.
Tashqi belgilari: Imoga. Kapalak tanasining umumiy rangi to’q –kulrang-qo’ng’ir.Oldingi qanotlarining oldi qoramtir.7 juft qiyshiq joylashgan. Oq kalta chiziqlari mavjud, atrofida u kulrang-qo’ng’ir tusli hoshiyasi bor. Ustida 2 ta oq dog’i bor. Ko’zi olachipor, oqishroq, qo’shhoshiyali. Orqa qanotlari kulrang-qo’ng’ir, atrofida och-kulrang tusli xoshiyasi bor. Oyoqlari to’q-qo’ng’ir, ichki tomonidan kumush rangli panjachalari qoramtir. Mo’ylovlari ipsimon, noaniqhalqalari mavjud. Erkak va urg’ochilari bir-biriga o’xshaydi, ammo urg’ochilari kattaroq, erkaklarining qorinchasi ingichka, o’tkirlashgan. Kengligi qanot yoyganda 12-14 mm. Tuxumi dumaloq, yarim-tiniq, biroz yaltiroq rivojlanib, pushti tus oluvchi, diametri 0,4mm cha.Chiqishiga 15-48 soat qolganda, tuxum qobig’idan qora kallachali va usti qilli qurti ko’rinadi.
Qurtiyangi chiqqanda sutday oq yoki pushtiroq, boshi qora, ko’krak qobig’i qoramtir, anal qobig’i qo’ng’ir, qora dog’lari bor. Katta yoshli qurtlarning tanasi pushti, sal kulrang ohangli. yetuk qurtning qobig’i katta qo’ng’ir- kulrang (olxo’ri mevaxo’ri qurtining qobig’i noaniq tusli), nafas teshikchasining peritremasi (hoshiyasi) qoramtir (olxo’ri mevaxo’ri qurtiniki kichikroq va ochroq rangli). Qorin bo’g’imlarida 1-chi va 2-chi qillari orasida 2 tadan oq dog’i mavjud (olxo’ri mevaxo’ri qurtlarida dog’lar faqat bittadan). Anal bo’g’imi qobig’i ostida 4-7 qo’ng’ir tishli anal toji bor. yetuk qurtning uzunligi 12mm. Gumbagi pilla ichida joylashgan, jigarrang tusli orqasidan qorin bo’g’imlarida Tortriedae turlariga mos bo’lgan 2 qator qilchalari mavjud. Qornining oxirida 10-18 qilchalari bor. Uzunligi 6-8 mm. Pilla oval shaklli, iflos kulrang tusli uzunligi 10-12,5mm. Qishki pillalar zich va mahkam yozgilari ancha ko’p.

Yüklə 29,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin