bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash.
Bugungi kunda qanday zararkunanda va kasallik turlari uchramoqda? — Bog‘ va tokzorlarda uchraydigan zararkunandalarning ayrim turlari – olma, olxo‘ri va uzum mevaxo‘rqurtlari, binafsharang, soxta qalqondorlar, meva o‘rgimchak kanalari, nok shirinchasi, nok shira biti, akatsiya soxta qalqondori, sharq meva qurti, g‘ilofli kuya mavsum davomida bir necha marta avlod berib katta zarar yetkazadi.
Mevali daraxtlarning kasalliklarida teshikchali dog‘lanish (klyaster osporiyoz), monilioz (kuydirgi kasalligi), un shudring, parsha (qo‘tir kasalligi), shaftolining barg bujmayishi, olxo‘rining cho‘ntakcha kasalliklari hosilning sifat va miqdoriga katta ziyon yetkazmoqda.
Tokning ayrim kasalliklari, ayniqsa, unshudring (oidiun, kul kasalligi), antraknos kasalligi, soxta unshudring (mildyu) kasalliklari keng tarqalgan.
Karantin hisoblangan ayrim zararkunandalar – kaliforniya qalqondori, qonli bit, tut parvonasi, sitrus oqqanoti, parazit o‘simliklar – devpechak va zarpechaklar yil sayin juda ko‘p tarqalib, bog‘bon va sohibkorlarimizga juda katta tashvish tug‘dirmoqda.
Sabzavot va poliz ekinlarida zararkunandalardan o‘simlik bitlari, oqqanot, g‘ovaklovchi pashsha, zang kanasi, tunlamlar, kolorado qo‘ng‘izi, karam biti, karam oq kapalagi qurtlari, piyoz pashshasi, sabzi pashshasi, sabzavot ekinlari kasalliklaridan pomidorning fuzarioz, vertitsillioz so‘lish kasalliklari, fitoftorioz va qo‘ng‘ir dog‘lanish, kulrang chirish kasalliklari hamda virus kasalliklari (tamaki mozaykasi, juft strigi) va boshqa kasallik va zararkunandalar ochiqda hamda issiqxonalarda katta zarar keltiryapti.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda uchramaydigan zararli hashorat va kanalar ham turli yo‘llar orqali kirib keldi. Bunga misol qilib, sabzavot, poliz va kartoshka zararkunandalaridan kolorado qo‘ng‘izi, issiqxona oqqanati, g‘o‘za oqqanoti, g‘ovaklovchi pashshalar, zang kanasi, qovun pashshasini ko‘rsatib o‘tish joiz. Bulardan tashqari qo‘shni mamlakatlardan amerika kapalagi hamda kartoshka kuyasining kirib kelish xavfi mavjud.
—