Meva bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash. Reja



Yüklə 29,59 Kb.
səhifə2/6
tarix05.12.2023
ölçüsü29,59 Kb.
#173814
1   2   3   4   5   6
bog’lari zararkunandalari va ularga qarshi kurash.

Hayot kechirishi. Kaliforniya qalqondori 1-inchi yosh (Tojikistonda, qish juda iliq kelganda, ham 2-inchi yosh) lichinkalari davrida daraxt po’stloqlari ostida joylashgan koloniyalar shaklida qishlaydi. Qishlovchi lichinkalar zich, qora qalqonga ega, tanalari sariq tusli. Ular bahorda olma daraxtlarining tanasida shira yura boshlaganda mart-aprel oylarida (harorat 10 Sga yetganda) uyg’onadi. Ular 10-11 kun yashab oziqlangandan so’ng, olma kurtaklar bo’rtgan paytda, po’st tashlaydi va 2-chi yosh lichinkalariga aylanadi. 1-nchi yoshdagi erkak va urg’ochi lichinkalar o’xshash va ularni ajratib bo’lmaydi. 2-nchi yoshdan boshlab, erkak lichinkalarning qalqonlari cho’zinchoq (kalta tsilindrsimon) shakl oladi va urg’ochilaridan oson farqlanadi. 2-nchi yosh lichinkalari 10-12 kundan so’ng yana po’st tashlaydi, ulardan bir qismi urg’ochilarga qolganlari esa pronimfa va nimfa fazalaridan o’tgach erkak imogalarga aylanadi.
O’zbekiston sharoitida aprel oyida yosh urg’ochilar otalanadi va 25-30 kundan so’ng may oyining o’rtalarida “daydichlarni” (“brodyajkalarni”) tug’adi. Daydichalar barglar, shoxlar va daraxtlardan boshqalarga o’rmalab, hamda shamol bilan 500 metrgacha uchib daraxtlarning boshqa qismlariga va boshqa bog’lar va dalalarga tarqaladi, o’simliklarni so’rib oziqlanadi va o’zidan yupqa qatlam shaklidagi oqimtir mumsimon shira chiqarib, undan qalqon hosil qiladi. Hashoratning yashash davri 30-32 kunni tashkil etadi. 2-nchi avlod daydichlari iyul, 3-nchi avlod daydichlari sentyabrda ba’zan, havo issiq kelganda, 4-nchi avlod lichinkalari dekabrda tug’iladi. Demak, kalifarniya qalqondori Markaziy Osiyoda 3-4 avlod beradi. Qish sovuqlari boshlanishi bilan qalqondorning diapauzaga kirgan 1-nchi yosh lichinkalaridan tashqari barcha fazalardagilari halok bo’ladi.
Kurash choralari. Bu zararli hashorat O’zbekistonda barcha joylarda tarqalganini hisobga olgan holda mexaniq (fizik) agrotexnik va kimyoviy kurash choralarini qo’llash tavsiya etiladi. Erta bahorda daraxtlarni tozalash, ularning zararlangan poya, po’stloq va qurigan shox va novdalarni butab, yoqib tashlash lozim.

Yüklə 29,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin