Fizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar
Kirish
8
8
harakatiga ta’siri, yorug‘lik rangi haqidagi ilmiy
ixtirolar uning qalamiga mansub.
XVIII–XIX asrlar fan yutuqlarini amaliyotda
qo‘llash davrlari bo‘ldi. Bu davrlarda fan bilan juda
ko‘plab olimlar shug‘ullanganlar. Birinchi bug‘
mashina
larining ishlatilishi, harbiy texnikaning
rivojlanishi, elektrdan foydalanish kabi ko‘pgina
ishlar ularning mehnati samarasidir.
Shu davrda e’tirof etilgan olimlarga J. Uatt,
M. Lo monosov, L. Eyler, T. Yung, O. Frenel, A. Volta,
X. Ersted, A. Amper, G. Om, M. Faradey, E. X. Lens,
V. Veber, J. Joul, V. Tomson, L. Bolsman, D. Men deleyev va boshqalarni ki-
ritish mumkin.
XX asrga kelib fi zikada buyuk kashfi yotlar qilindi. Bu kashfi yotlar
natijasida atom energiyasidan foydalanish mumkin bo‘ldi. Inson kosmosga
chiqdi. Shu davrning buyuk siymolariga G. Lorens, A. Eynshteyn, V. Rent-
gen, J. Tomson, M. Plank, E. Rezerford, N. Bor, A. Ioffe, S. Vavilov, De
Broyllarni keltirish mumkin.
Albatta, fi zikaning rivojlanishi bir tekisda kechgani yo‘q. Ayrim
davrlarda ko‘plab kash
fi yotlar qilinsa, ayrim paytlarda rivojlanish sust-
lashgan. Lekin inson hamma vaqt qiyinchiliklarni yengib, oldinga intilgan.
3-MAVZU
JAMIYAT RIVOJLANISHIDA FIZIKANING AHAMIYATI.
O‘ZBEKISTONDA FIZIKA TARAQQIYOTI
Qadimda yashagan odamlar to‘la-to‘kis tabiatga bog‘liq bo‘lganlar.
Chunki hech narsani o‘z qo‘llari bilan yaratmasdan, atrofda borini iste’mol
qilganlar. Yog‘in-sochin, sovuq va yovvoyi hayvonlardan g‘orlarda bekinib
jon saqlaganlar. Asta-sekin ov qurollarini o‘ylab topganlar va olovdan
foydalanishni o‘rganishgan. Bu jarayonda ularning turmushi yengillasha
Beruniy
|