17
ham uning xossalarining o‘zgarishiga sabab bo‘lar ekan. Hatto aynan bitta
nomdagi atomlardan ba’zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq qilishi
mumkin ekan.
Tabiatda aynan bir xil jismlar yo‘q. Hattoki egizaklar ham nimasi
bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi. Lekin
aynan bitta moddaning molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Masalan,
tarvuzdan, dengiz suvidan bug‘lantirib tozalangan suv molekulasi, buloq
suvidan olingan molekula dan farq qilmaydi.
Atom va molekulalar juda kichik bo‘l ganligidan ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmaydi. Uni hatto oddiy mikroskop tugul, eng yaxshi optik mikroskop
(eng kichik ko‘rish o‘l
chami 0,000002 mm) da ham ko‘rib bo‘l
maydi.
Unda uning o‘lchamlarini qanday qilib o‘l
chaymiz? Bir qarashda uni
baja rib bo‘lmaydi gandek ko‘rinadi. Shunday tajriba o‘tkazaylik. Kengroq
idish (tarelka)ga suv solib, unga bir tomchi yog‘ tomizaylik. Shunda yog‘
tomchisi suyuqlik sirti bo‘ylab yoyilib ketadi. Chunki eng ustki qatlamdagi
molekulalar «toyib» ketib yoniga, undan keyingi qatlamdagilar ham xuddi
shunday yoniga tushib yoyiladi. Oxirida faqat bitta qatlam qoladi. Yoyilgan
yog‘ tom chisi doira shaklida bo‘lsa, uning diametri shtan gensirkul bilan
o‘lchanib, yuzasi
S hisoblanadi (5-rasm). Bitta tomchi hajmini aniqlash
uchun alohida kichik menzurkaga 50–100 tomchi yog‘ tomizilib, hajmi
V
belgilanadi. Shunda tomchi hajmi
bo‘ladi,
n – tomchilar soni.
Yoyilgan tomchi hajmi
V
1
=
d ּ S ga teng bo‘lganli gidan yog‘ qatlamining
qalinligi
bo‘ladi. Bundan qatlam qalinligi yoki molekula diametri
hisoblab ko‘rilsa
d
=
0,0000002 mm ga teng bo‘ladi. Hozirgi zamon
usullari bilan o‘lchangan molekulalar diametrlari
ham shu tartibda ekanligi aniqlangan. Bu raqamning
kichkinaligini quyidagi misolda ko‘rish mumkin.
Bir dona vodorod molekulasini kattalashtirib, olma
ko‘rinishiga olib kelinsa, Yer olmadan necha marta
katta bo‘lsa, olma vodorod molekulasidan taxminan
shuncha marta katta bo‘lar edi.
Dostları ilə paylaş: