Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


II bobni yakunlash bo‘yicha nazorat savollari



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

II bobni yakunlash bo‘yicha nazorat savollari


81
Kuch
Jismlarning o‘zaro ta’sirida tezliklarini yoki shaklini o‘zgartiruvchi 
sabab. Kuch birligi nyuton (N).
Mexanik 
harakat
Jismlarning fazoda joylashgan o‘rnining vaqt o‘tishi bilan boshqa 
jismlarga nisbatan o‘zgarishi. Mexanik harakat turlari: ilgari 
lanma, 
aylanma, tebranma. Ixtiyoriy teng vaqtlar ichida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 
bir xil masofaga ko‘chishga to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi. Har xil 
masofaga ko‘chsa notekis harakat bo‘ladi.
Tezlik
Vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘l 
; s – bosib o‘tilgan yo‘l; 
t – vaqt. Tezlik birligi 
.
Trayektoriya Jismning harakat davomida fazoda qoldirgan izi.
Moddiy 
nuqta
Shakli va o‘lchamlari hisobga olinmaydigan fi zik jism.
Dinamometr Kuchni o‘lchovchi asbob. Ishlash prinsipiga ko‘ra mexanik, gidravlik, 
elektrik turlarga bo‘linadi.
Sanoq jismi Ko‘rilayotgan harakat uchun qo‘zg‘almas bo‘lgan jism. Qolgan jism-
larning harakati shu jismga nisbatan o‘rganiladi.
Tarozi
Jismlarning massasini aniqlaydigan asbob. Ishlash prinsipiga ko‘ra 
shayinli, prujinali, gidrostatik va h.k. turlarda bo‘ladi.
Bosim
Yuzaga perpendikular yo‘nalgan kuchning shu yuzaga nisbati bi-
lan o‘lchanadigan kattalik: 
, XBS da birligi – paskal (Pa). Un-
dan tashqari millimetr simob ustuni, normal atmosfera birliklarda ham 
o‘lchanadi. 1 atm = 760 mm.sim.ust = 101325 Pa.
Tutash 
idishlar
Quyi tomondan suyuqlik o‘tadigan nay bilan tutashgan idishlar. Bir xil 
suyuqlik solingan tutash idishlarda, suyuqlik sathlari teng bo‘ladi. Suv 
quvurlari tizimi, choynaklar unga misol bo‘la oladi.
Paskal qo-
nuni
Suyuqlik yoki gazga berilgan tashqi bosim har tomonga o‘zgarishsiz 
uzatiladi. Paskal qonuni asosida gidravlik presslar ishlaydi. 
S
1
va S
2
– pressdagi katta va kichik porshenlar yuzalari, F
1
va F
2
– press-
dagi katta va kichik porshenlardagi kuch.
Manometr Suyuqlik va gazlardagi bosimni o‘lchaydigan asbob.
Barometr
Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbob. Suyuqlik barometrlarida 
suyuqlik ustunining bosimi atmosfera bosimi bilan tenglashtiriladi. 
Suyuqliksiz (aneroid) barometr yupqa metall qutining bosim ta’sirida 
siqilishiga asoslanib ishlaydi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin