Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


VA UNI ANIQLASH. MUVOZANAT TURLARI



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

VA UNI ANIQLASH. MUVOZANAT TURLARI
Quyidagicha tajriba o‘tkazaylik. Kartondan qirqilgan varaq olib, 
uning ixtiyoriy nuqtasidan igna yordamida ip o‘tkazaylik. Ipning 
ikki uchini shtativlarga bog‘laylik. Bunda varaq 53-rasmda 
ko‘rsatilgan holatda qoladi. Uni o‘z o‘qi atrofi da biroz burib qo‘yib 
yuborilsa, yana dastlabki holatiga qaytadi. Endi varaqning o‘rtasidan ip 
o‘tkazib yana shtativga bog‘laylik (54-rasm). Bu holda varaqni qancha 
aylantirib qo‘ymaylik, qo‘yilgan holatida o‘zgarishsiz qolganligini ko‘ramiz. 
Shu holatda topilgan nuqtaga jismning massa markazi deyiladi. Jismning 
bu nuqtasida xuddi barcha massa to‘plangandek bo‘ladi.
Shunga o‘xshash tajribalar yordamida aniqlanishicha, turli geometrik 
shaklga ega bo‘lgan jismlarning massa markazlari quyidagicha bo‘lar ekan:


85
53-rasm. 
54-rasm.
Bir jinsli jismlarning (masalan, shar, sfera, doira va shu 
kabilarning) massa markazlari ularning geometrik markazlari 
bilan ustma-ust tushadi (55-rasm).
Doira 
To‘rtburchak Parallelogramm 
Halqa 
Kub
55-rasm.
56-rasm.
Agar jismlar ixtiyoriy yassi shaklga ega 
bo‘lsa, uning massa markazini ikki nuq tasidan 
osish usuli bilan aniqlash mum kin. Bunda massa 
markazi A va B nuqtalardan o‘tgan vertikal 
chiziqlar kesishgan nuq tada bo‘ladi (56-rasm).
Jismlarni massa markazidan o‘tgan o‘qqa 
osib qo‘yilsa u muvozanatda uzoq muddat 
davomida qoladi. Agar jism muvozanatda bo‘lsa, 
unga ta’sir qilayot gan barcha kuchlarning yig‘indisi nolga teng bo‘ladi.
Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda, uni dastlabki 
holatiga qaytaruvchi kuch hosil bo‘ladigan muvozanatga turgun 
muvozanat deyiladi (57-a rasm).

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin