III bob. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar
86
86
a)
b)
d)
57-rasm.
Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda uning holatini
o‘zgartiradi gan hech qanday kuch hosil bo‘lmasa, farqsiz muvozanat
deyiladi (57-
d rasm).
Shunday tajriba o‘tkazaylik.
Fizika darsligini olib, uning tagiga
chizg‘ichni qo‘yaylik. Chizg‘ichni bir uchidan sekin ko‘tara
boshlaylik (58-
a, b rasm). Shunda chizg‘ich stol bilan ma’lum bir
burchak hosil qilganda kitob ag‘darilib tushadi. Demak, jismning
muvozanatda bo‘lishi tayanch holatiga ham bog‘liq ekan.
a)
b)
d)
58-rasm.
Tayanch yuzasiga ega bo‘lgan jismning
og‘irlik markazidan o‘t
kazilgan vertikal
chiziq tayanch yuzasidan chiqib ketsa,
jism ag‘da riladi (58-
d rasm).
Demak, tayanch yuzasi qancha katta
bo‘l
sa, muvozanati shunchalik barqaror
bo‘ladi.
1. Massa markazi deganda nima tushuniladi?
2. Jismlarning massa markazi amalda qanday aniqlanadi?
3. Ikkita bir xil to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan jismdan birining massa
markazi tayanchdan hisoblanganda balandroq bo‘ldi. Bu jismlardan qaysi
birining muvozanati turg‘unroq bo‘ladi?
4. Devorga o‘ng tomoningiz bilan suyanmasdan qapishib turing. Endi chap
oyog‘ingizni ko‘taring. Bu holatda qola olasizmi? Nega?
5. Nima sababdan ko‘pchilik yurganda qo‘lini silkitib yuradi?