Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU ISSIQLIKNI HOSIL QILUVCHI MANBALAR



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

33-MAVZU
ISSIQLIKNI HOSIL QILUVCHI MANBALAR. 
ISSIQLIK QABUL QILISH
Ma’lumki, issiqlik o‘tin, ko‘mir, gaz, neft mahsulotlarini yoqishdan 
hosil qilinadi. Lekin issiqlikning asosiy manbai 
– 
Quyoshdir. Yer 
yuzasiga kelib tushayotgan Quyosh nurlari uni isitadi, undan issiqlik 
atmosferaning quyi qatlamlariga o‘tadi va havo isiydi. Ko‘mir, gaz va 
neft ham Yerga ko‘p asrlar davomida tushgan Quyosh nurlari energiyasi 


103
mahsulidir. Hattoki foydalaniladigan shamol energiyasi ham Quyosh 
tufayli bo‘ladi.
Xo‘sh, issiqlik deganda nimani tushunamiz? Dastlabki davrlarda 
issiqlikni ham qandaydir modda deb qarashgan. Masalan, gaz yonganda 
undan issiqlik chiqib suvga o‘tadi. Natijada endi issiqlik suvda bo‘ladi. 
Keyin qaynagan suvni gazdan olib qo‘ysak, undan issiqlik chiqib havoga 
o‘tadi va h.k. Shunga ko‘ra uni o‘lchash uchun alohida «issiqlik miqdori» 
degan fi zik kattalik kiritilgan. Shunday tajriba o‘tkazaylik. Sovuq qish 
kunida ikkita muz parchasini qalin qo‘lqop bilan ushlab (qo‘lingizning 
issig‘i muzga o‘tmasligi uchun), ularni bir-biriga ishqalab ko‘raylik. Shunda 
muzlar erib, suv tomchilay boshlaydi. Muzni eritish uchun unga issiqlik 
nimadan berildi? Qadimda odamlar ikkita yog‘ochni ishqalab olov hosil 
qilganlar. Simni ham bir joyidan bir necha marta tez-tez buklansa o‘sha 
joyi qizib ketadi. Og‘ir bolg‘ani ko‘tarib metall bo‘lagiga bir necha marta 
urilsa, metall ham isiydi. Bularning barchasida mexanik energiya issiqlik 
energiyasiga aylanadi. Shunga o‘xshash ishqalangan barcha jismlarning 
qizishini turmushda uchratgansiz. Ular haqida eslab ko‘ring. Mana shunday 
tajribalar, issiqlik ham energiyaning bir turi ekanligi haqidagi xulosaga olib 
keldi. Unda potensial va kinetik energiyadan qaysi biri issiqlik energiyasiga 
mos keladi? Yoki bir vaqtda ikkalasi hammi? Ma’lumki, moddalar mayda 
zarralardan tashkil topgan va ular to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Kuzatishlar 
shuni ko‘rsatadiki, agar modda isitilsa, zarralar harakati tezlashadi. Bundan 

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin