Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


issiqlik bu moddani tashkil etgan zarralarning kinetik energiyasidir



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

issiqlik bu moddani tashkil etgan zarralarning kinetik energiyasidir, 
degan mantiqiy xulosaga kelamiz.
Moddalarning yoki jismlarning isitilganlik darajasini ifodalovchi 
kattalik temperatura deb ataladi.
Muzni eritish jarayonida kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, erish paytida 
uning temperaturasi o‘zgarmaydi. Demak, bu paytda unga berilgan issiqlik 
muz tuzili shi (strukturasi)ni buzishga sarfl anadi. Demak, modda issiqligini 
qisman molekulalar orasidagi potensial energiya ham belgilar ekan. 
Shunday qilib, issiqlik ham energiyaning bir turi hisoblanadi. U boshqa 
energiyalar kabi bir turdan ikkinchi turga aylanishi mumkin. Issiqlik 
miqdori ham boshqa energiya va bajarilgan ish kabi joullarda o‘lchanadi!
Issiqlikni hosil qiluvchi manbalar. Issiqlik qabul qilish


IV bob. Issiqlik hodisalari
104
104
Ish bajarib issiqlik energiyasini hosil qilish va issiqlik energiyasini 
ishga aylantirish mumkin bo‘lganligidan, ish va energiya cham-
barchas bog‘langandir.
1. Nima uchun arqondan yoki yog‘och ustundan ushlab pastga sirg‘anib 
tushganda qo‘l qiziydi?
2. 
Nima sababdan avtomobil keskin tormozlanganda g‘ildiraklarining 
rezinasidan kuygan hid keladi?
3. Og‘zi berk idish issiq suvga tushirildi. Idish ichidagi havo molekulalarining 
potensial va kinetik energiyalari o‘zgaradimi?
4. Siz o‘qigan qaysi kitobda yoki ko‘rgan kinoda odamlar sun’iy ravishda olov 
hosil qilishgan? Qanday usul bilan olinganligini gapirib bering.
34-MAVZU
JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI
7-mavzuda Siz qizdirilgan metall sharning kengayib, halqadan o‘ta 
olmagan 
ligi bilan tanishgansiz. Suyuqliklarda bu hodisani o‘rganish 
uchun shunday tajriba o‘tkazaylik (74-rasm). Uchta probirka olib ulardan 
biriga suv, ikkinchisiga yog‘, uchinchisiga sut quyaylik. Probirkalar 
og‘ziga o‘rtasida nay chasi bor tiqin o‘rnataylik. Probirkalarni suvli idishga 
74-rasmda ko‘rsatilganidek qo‘yib, tagidan isitaylik. Suv isigan sari asta-
sekin naychalardan suyuqliklar yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Demak, 
suyuqliklar ham isitilganda kengayar ekan. Bunda suyuqliklarning 
naychadan ko‘tarilish balandligi turlicha bo‘lgan 
ligidan, ularning 
kengayishi ham turlicha bo‘ladi. Gazlarning issiq 
likdan kengayishini 
o‘rganish uchun bir kolbani olib, uning ham og‘ziga naychasi bor tiqin 
o‘rnataylik (75-rasm). Naycha uchini suvga tiqib, kolbani ushlagan holda 
ozroq siypalab turamiz. Shunda naycha uchidan suvga havo pufakchalari 
chiqa boshlaganini ko‘ramiz. Bunga sabab kolba qo‘l harorati tufayli 
ichidagi havosi bilan birga isiydi. Isigan gaz kengayib pufakcha shaklida 
chiqib ketadi. Kolba bo‘g‘zini shtativga o‘rnatib shu holda qoldirilsa
birozdan so‘ng naychadan suv yuqoriga ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin. 
Sababi sovuganda kolbadagi havo siqiladi.


105
76-rasm.
74-rasm 75-rasm.
Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan ken-
gayadi, sovuq likdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi mavzuda ay-
tilgan molekular harakatdir. Moddalarning bu xossasidan turmushda va 
texnikada keng foydala niladi. Temir yo‘l relslarini o‘rnatishda ularni bir-
biriga jips tegmaydigan qilib o‘r natiladi. Elektr o‘tka zuvchi simlarni ustun-
lar ga yoz kunida biroz osiltirib torti ladi. Qishda to rayish eva ziga uzilib 
ketmasligi uchun shun day qilinadi. Shisha stakan larga issiq suvni birdaniga 
quyib bo‘lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi. 
Tash qarisi esa kengayib ulgur maydi. Shu sababli stakan si nib ketadi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin