Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARDA ISSIQLIK



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

35-MAVZU
QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARDA ISSIQLIK
UZATILISHI. ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK. KONVEKSIYA
Issiqlikning bir joydan ikkinchi joyga o‘ta olishini hamma biladi. 
Pechka yoki isitish batareyalaridan chiqqan issiqlik butun uyga tarqaladi. 
Stakanga quyilgan choyga qoshiq solib qo‘ysangiz, qoshiq isib qoladi. 
Quyoshdan chiqqan issiqlik ham Yerga yetib keladi. Xo‘sh, issiqlik qanday 
uzatiladi? Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarimiz, issiqlik uzatilishi 


107
undagi molekulalar harakati bilan bog‘liq degan xulosaga keltiradi. E’tibor 
bergan bo‘lsangiz, tutun ba’zan yuqoriga ko‘tariladi, ba’zan yoyilib tarqaydi. 
Havoda ba’zan bulutlar ancha muddat o‘zgarishsiz tursa, ba’zan shiddat 
bilan harakatga tushib qoladi. Ularni qanday tushunish mumkin? Pechka 
yonidagi havo qiziganda u kengayadi va zichligi kamayadi. Arximed kuchi 
ta’sirida u yuqoriga ko‘tariladi. Uning o‘rniga zichligi katta sovuq havo 
oqib keladi. Natijada isitilganligi turlicha bo‘lgan havo qatlamlari orasida 
oqim vujudga keladi. Bu hodisaga konveksiya (lotin cha – olib kelish
deyiladi. Konveksiyani quyidagi tajribada oson kuzatish mumkin (78-rasm). 
Konveksiya faqat gazlarda emas, balki suyuqliklarda ham bo‘ladi. Idish 
tagidan berilgan issiqlik suyuqlikdagi konveksion oqim tufayli yuqoriga 
ko‘tariladi. Suyuqliklarda konveksiyani namoyish qilib ko‘rsatadigan tajribani 
o‘ylab toping.
Qattiq jismlarda zarralar bir joy dan ikkinchisiga ko‘chmaydi. Ular fa-
qat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar bir-biriga 
yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali bir-biriga uza tadi. 
Bunday usulda issiqlikni uzatishga issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi.
Turli moddalarning issiqlik o‘tka 
zuvchanligi turlicha. Buni quyidagi 
tajribada ko‘rish mumkin (79-rasm). Sterjendan bir xil uzoqlikda mis, temir, 
alu 
miniy, plastmassadan yasalgan bo‘laklarni mahkamlaylik. Bo‘laklar 
uchiga gu 
gurt cho‘p 
larini shamga o‘xshab oson eriydigan modda bilan 
yopishtiraylik. Bo‘laklar mahkam langan o‘rtadagi diskni sekin qizdiraylik.
Issiqlik o‘tkazuvchanligining katta-kichik ligiga qarab gugurtlar birin-ketin 
tushib ketgan ligini ko‘ramiz. Jadvalga qarab gugurtlar qaysi tartibda tushishini 
ayting.
78-rasm. 
79-rasm.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin