6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar
36-MAVZU NURLANISH. TURMUSHDA VA TEXNIKADA ISSIQLIK UZATILISHIDAN FOYDALANISH Shunday qilib, konveksiya ham, issiqlik o‘tkazuvchanlik ham zarralar
harakati bilan amalga oshiriladi. Unda Yerdagi energiyaning asosiy
sababchisi bo‘lgan Quyoshdan issiqlik Yerga qanday uzatiladi? Axir,
Yer va Quyosh orasida zarralar deyarli yo‘q bo‘lgan muhit – vakuum mavjudku! Bu holatda issiqlik nurlanish orqali uzatiladi. Quyoshdan
kelayotgan yorug‘lik oqimi o‘zi bilan birga issiqlik energiyasini ham
olib keladi. Cho‘g‘lanma elektr lampochkasi ham yorug‘lik bilan birga
issiqlikni nurlantiradi. Lampochka ichida havo bo‘lmasa-da, lampochkadan
nurlangan issiqlikni kaftimiz bilan sezishimiz mumkin. Nurlanish orqali
olingan energiya isitiluvchi yuza rangiga bog‘liq. Qishda qor ustiga bir
xil materialdan qilingan bir xil yuzali, biri oq, ikkinchisi qora rangga
bo‘yalgan mato yoyib qo‘yilsa, qora mato tagida qor ko‘proq eriganligini
ko‘ramiz. Demak, yuzaga tushgan nurlanish energiyasi unga yutilishi
yoki undan qaytishi mum kin ekan. Deraza oynalari Quyoshdan keluvchi
nurlanishni yaxshi o‘tkazadi, lekin uydagi radiatordan chiqqan issiqlikni
yomon o‘tkazadi. Issiqxona («tep litsa») lar dagi oynali devor va shiplarning
vazifasi sizga endi tushunarli bo‘lsa kerak!
Konveksiya, issiqlik o‘tkazuvchanlik va nurlanish hodisalaridan
turmushda va texnikada keng foydala niladi. 81-rasmda uylarni qaynagan
suv bilan isitish siste masida qo‘llaniladigan «qozon»ning ichki tuzi lishi
keltirilgan. Unda hosil bo‘ladigan konveksiyani tushun tirishga harakat qiling. 82-rasmda radiator vo
sitasida isitiladigan xonaning qirqimi ko‘rsatilgan.
Xonada borayotgan jarayon haqida tushuntirish bering. Nima sababdan
radia
torlar deraza tagiga o‘rnatiladi? 83-rasmda suyuqliklarni solingan
temperaturasida uzoq muddat saqlaydigan idish – termos keltirilgan. Unda
metall qobiq ichida ikki qavatdan iborat shisha devorli idish joylashtirilgan.
Shisha devorlar oralig‘i vakuumdan iborat. Shisha idishning ichki qismi
yupqa kumush bilan qoplangan. Bunday idishdagi suyuqlik issiq holatda