IV bob. Issiqlik hodisalari
110
110
uzoq vaqt saqlanadi. Issiqlik uzatishning uchta
turi bo‘yicha issiqlik
tarqalib ketmasligining
sababini tushuntirib ko‘ring.
Demak, zaruriyatga qarab, issiqlikni yaxshi
o‘tkazish lozim bo‘lsa, konvek siyani tezlashtirish
choralari hamda issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan materiallardan foydalanish
kerak ekan. Uyda ovqat pishirish va choy qaynatish
uchun ishlatiladigan
qozon va chovgumlarni issiqlikni yaxshi o‘tkazuvchi materiallardan
yasaladi. Lekin qaynagan choyni uzoqroq issiq holatda ushlab turish
uchun chinni choynakka damlagan ma’qul bo‘ladi.
Choyni stakanda
ichsak, og‘iz kuyib qoladi. Lekin chinni piyolada ichsangiz kuymaydi.
Nima sababdan?
Nurlanish energiyasidan foydalanishda ham materiallarga va uning
rangiga e’tibor beriladi. Yozda issiqlik nurlarini
yaxshi qaytaradigan oq
rangdagi liboslar kiyilsa, qishda to‘q rangdagilari kiyiladi.
Amaliy topshiriq
1. Qalin qog‘oz olib, undan quticha yasang. Uning ichiga suv
to‘ldirib birozdan so‘ng usti berk elektr plitkasiga qo‘ying. Undagi suv
isishi va hatto qaynashi mumkin. Lekin qog‘oz quticha kuymaydi.
Sababini
tushuntiring.
2. Massasi va o‘lchamlari kattaroq bo‘lgan temir bo‘lagiga qog‘oz
parchasini yopishtirib olovga tuting. Qog‘oz bilan nima hodisa ro‘y
berishini kuzating va sababini tushuntiring.
81-rasm.
82-rasm.
83-rasm.