Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

37-MAVZU
ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA 
FOROBIY, BERUNIY VA IBN SINO FIKRLARI
Issiqlik hodisalarining tabiati haqida buyuk allomalarimiz Abu Nasr al-
Forobiy, Al-Beruniy va Ibn Sino o‘z asarlarida tushuntirish berib ketganlar. 
Jumladan, Forobiyning fi kricha, har qanday jismning temperaturasi yuqori 
yoki past bo‘lishi shu jismni tashkil etgan zarralarning harakatlariga 
bog‘liqdir. Ibn Sino ham Forobiy kabi konveksiya hodisasini quyidagicha 
tushuntiradi: qizigan jismlar hajmlarining kengayishi natijasida zichliklari 
kamayib, yuqoriga intiladi (Arximed kuchi tufayli demoqchi). Sovugan 
vaqtda esa hajmi kichrayib, zichligi ortishi hisobiga pastga intiladi.
Abu Nasr al-Forobiy (873–950) Sirdaryo bo‘yi dagi qadimgi 
O‘tror (Forob) shahri yaqinida tug‘ilgan. Forobiy fanning 
juda ko‘p sohalarida ijod qilgan. Unga qadar fi zika alohida 
fan sifatida qaralmasdan, tabiiy fanlar tarkibida bo‘lgan. 
Fizikada modda tuzilishi, issiqlik, harakat, tovush, optikaga 
doir ishlarni bajargan.
Jismlarning issiqlikdan kengayishi, sovuqlikdan torayishida suvning 
alohida xususiyatga ega ekanligiga Beruniy e’tibor bergan. Bu borada 
Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savolini keltiramiz. «Agar jismlar issiqlik 
sababli kengaysa va sovuqlik tufayli toraysa va boshqa idishlarning sinishi 
uning ichidagi narsalarning kengayishi sababidan bo‘lsa-yu, nima uchun 
ichida suv muzlab qolgan idish yoriladi, sinadi? Nima uchun muz suv 
yuzida bo‘ladi, holbuki muz sovuqlik sababli qotgani uchun Yer tabiatiga 
(qattiq jismga) yaqinroq edi-ku?» Ibn Sino Beruniyning bu savoliga: «Suv 
Issiqlik hodisalari haqida Forobiy, Beruniy va Ibn Sino fi krlari


IV bob. Issiqlik hodisalari
112
112
muzlagan vaqtda suvda havo bo‘laklari qamalib qolib, muzni suv tubiga 
cho‘kishdan saqlab qoladi», – deb javob qaytaradi. Beruniy Ibn Sinoning 
javoblariga e’tiroz bildirib: «Agar ko‘za ichki tomoniga qarab singanda edi, 
u holda aytilganlar to‘g‘ri bo‘lur edi. Men idish tashqariga qarab sinishini 
kuzatganman» deydi. Ibn Sino o‘z javoblaridagi noaniq liklarni keyinchalik 
«Qurozai tabbiyot» nomli asarida to‘ldirib tuzatadi.
Oldingi mavzuda biz issiqlikning nurlanish tufayli ham uzatilishini, uni 
qabul qilish yuzaga va uning rangiga bog‘liqligini aytib o‘tdik. Nurlanish 
tufayli olinadigan energiya, yuzaga nur tik yoki qiya holda tushganligiga 
bog‘liq. Shunga ko‘ra Beruniy va Ibn Sino Yerda iqlimlar o‘zgarishi 
Quyosh nurining Yerga tushish qiyaligi o‘zgarishidandir, deb to‘g‘ri 
tushuntiradilar.
Ibn Sinoning fi kricha tabiatda issiqlik hamda sovuqlikning tabiiy va 
sun’iy manbalari bor. «Issiqlikning tashqi sababi uchtadir. Birinchisi, issiq 
jismning sovuq jismga yaqinligi. Masalan, o‘t-olov suvni isitadi. Ikkinchisi, 
harakat va ishqalanish. Masalan, suvni chayqasang isiydi, toshni toshga 
ish qalasang isiydi, olov chiqadi. Uchinchisi, yoritilgan har qanday jism 
yoritilmaganga nisbatan issiqroqdir» deydi. Bunda issiqlikning nurlanish 
yo‘li bilan tarqalishi haqida fi kr yuritiladi.
Allomalarimiz, shuningdek, issiqlik tufayli suv bug‘lari yuqoriga 
ko‘tarilishi, bulutlarga aylanib, ulardan past temperaturalarda qor, yomg‘ir, 
do‘l paydo bo‘lishi hagida yozib qoldirganlar.
1. Siz Beruniyning savoliga qanday javob bergan bo‘lar edingiz?
2. Qaysi holda yoyilgan kir tez quriydi: oftob nuri tik tushgandami yoki qiya 
tushgandami?
3. Suvni idishida uzoq vaqt aylantirib, qanchagacha qizdirsa bo‘ladi? Urinib 
ko‘ring!
• 
Bolalar o‘yinchoq tarelkasini olib past olovga qo‘ying. Yetarli 
darajada qiziganda unga yarim choy qoshiq suv quying. Suv shu 
zahoti bug‘ 
lanib ketishi o‘rniga, yumaloq shaklda dumalab ketadi va 
tarelka ning chuqurroq qismida turib qoladi. Sababi nimada? Sababi shun-
daki, tushgan suv va qizigan tarelka orasida bug‘ hosil bo‘lib, shu bug‘ning 


113
o‘zi issiqlikni o‘tkazmaydigan qatlamni hosil qiladi. Bu hodisani qizigan 
dazmolni to‘nkarib, unga suv sachratib kuzatish ham mumkin.
• 
Qishda sovuq qotmaslik uchun palto va telpak kiyamiz. Ular odamni 
isitadimi? Ikki bo‘lak muzni sellofan xaltachalarga solib, birini ochiq 
holda, ikkinchisini paltoga o‘rab qo‘yaylik. Ma’lum muddatdan so‘ng 
qaralsa, ochiq holdagi muzning anchasi eribdi, paltoga o‘ralgani erimabdi 
hisob. Demak, palto, telpak hech narsani isitmaydi. Ular faqat issiqlikni 
yomon o‘tkazadi xolos.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin