IV bob. Issiqlik hodisalari
116
116
39-MAVZU
LABORATORIYA ISHI. TERMOMETR YORDAMIDA HAVO
VA SUYUQLIK TEMPERATURASINI O‘LCHASH
Kerakli asboblar. Termometr, issiq suv, sovuq suv, menzurka,
shisha
tayoq cha, suv solish uchun kosacha.
Ishni bajarish tartibi
1. Termometr fi zika xonasining quyosh nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tush-
maydigan, isitish vositalari (batareya, plitka)
dan uzoqda,
lekin shkalasi
aniq ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi.
2. Tajribani o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida (5–6 min) termometr
ko‘rsatishi o‘zgarmay qolganidan so‘ng xona temperaturasi yozib olinadi.
3. Plitka yoki gaz alangasida suvli idish qizdiriladi.
4. Menzurkada 100 ml suv o‘lchab olinib,
kosachaga quyiladi va
termometr suvga tushiriladi. Biror minutdan so‘ng termometr ko‘rsatishi
t
1
yozib olinadi.
5. Menzurkada 100 ml suv o‘lchab
olinadi va unga termometr
tushiriladi. Biror minutdan so‘ng termometr ko‘rsatishi
t
2
yozib olinadi.
6. Menzurkadagi issiq suvni sovuq suvli kosachaga ag‘dariladi. Shisha
tayoqcha
bilan aralashtirilib,
temperaturasi t
3
o‘lchanadi.
7. Yuqoridagi tajribani issiq suvning temperaturasi turlicha bo‘lgan
hollarda takrorlanadi.
1. Nima sababdan suvga tushirib olingan termometrning ko‘rsatishi suvdan
olinganda tushib ketadi?
2. Tajribalarni naychasining diametri kichikroq bo‘lgan termometr bilan
o‘tkazilsa, o‘lchash aniqligi qanday o‘zgaradi?