Ichki yonuv dvigatellari. Bug‘ turbinasi Amaliy topshiriq Mis yoki aluminiy simni olib, bir joyidan bir necha marta buklab,
keyin to‘g‘rilang. Shunda sim sinib ketadi. Sababini tushuntiring.
1. Nima uchun qaynoq choy qoshiqcha bilan aralashtirilganda soviydi? 2. Bir chelak suvni uyning 1-qavatidan 2-qavatiga olib chiqsak, uning ichki energiyasi o‘zgaradimi? 3. Ishqalanish tufayli ichki energiya ortishiga doir misollar keltiring. 41-MAVZU ICHKI YONUV DVIGATELLARI. BUG‘ TURBINASI Moddaning ichki energiyasidan ish bajarish uchun foydalansa
bo‘lmasmikan? Quyidagi tajribani ko‘raylik. Probirkaga ozgina suv
quyib, og‘zini tiqin bilan mahkam yopaylik. So‘ngra probirkani suv
qaynaguncha qizdiraylik. Shunda hosil bo‘lgan bug‘ bosimi ortib, tiqinni
otib yuborganini ko‘rish mumkin. Bu jarayonda yoqilg‘ining energiyasi
bug‘ning ichki energiyasiga aylandi, so‘ngra bug‘ kengayib, tiqinni ko‘tarib
ish bajardi.
Agar probirka o‘rnida silindr, tiqin o‘rnida porshen olinsa, oddiy
issiqlik dvigateliga ega bo‘lamiz.
Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmagaissiqlik dvigateli deyiladi. Issiqlik dvigatelining ko‘pgina turlari mavjud: bug‘ mashinasi, ichki yonuv dvigateli, bug‘ yoki gaz turbinasi, reaktiv dvigatel. Bug‘ning
kengayishida ish bajara olishi Arximed zamonasidanoq ma’lum bo‘lsa-
da, ishlaydigan dastlabki issiqlik dvigatellari XVIII asr oxirida qurilib, bug‘ mashinasi deb atalgan. Unda alohida bug‘ qozoni bo‘lib, yuqori
temperaturali bug‘ silindr ichiga kiritilib, porshenni harakatga keltirgan.
Birinchi bug‘ mashinasi ingliz ixtirochisi Jeyms Uatt tomonidan 1768-yilda
quriladi. So‘ngra uning boshchiligida 10 yil davomida 119 mashinani ishga
tushirishgan. Dastlabki bug‘ avtomobilini 1770-yilda fransuz muhandisi
J. Kyuno qurgan edi. Birinchi parovoz esa 1803-yilda ingliz ixtirochisi