6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar
IV bob. Issiqlik hodisalari 120
120
Richard Trevitik tomonidan quriladi. 1823-yildan boshlab Jorj Stefenson parovozlar ishlab chiqaradigan zavodni ishga tushiradi. Yuz yillar
davomida bug‘ mashinasi temir yo‘l transportining asosiy vositasi bo‘lib
xizmat qildi. Hozirgi davrda ular teplovoz va elektrovozlar bilan almash-
tirilgan.
Ichki yonuv dvigateli 1860-yilda fransuz mexanigi E. Lenuar tomonidan
ixtiro qilingan. Bug‘ mashinasida bug‘ tashqarida hosil qilinib, so‘ngra
silindr ichiga yuborilsa, ichki yonuv dvigatelida yoqilg‘i bevosita yoqilib,
yuqori temperaturali gaz hosil qilinadi. Benzin bilan ishlaydigan dvigatelni
1885-yilda nemis ixtirochisi G. Daymler yaratadi.
Hozirgi zamon ichki yonuv dvigatellari ikki silindrli, to‘rt silindrli, olti
silindrli va h.k. bo‘ ladi. 88-rasmda to‘rt silindrli dvigatel keltirilgan. Si-
lindrlar ichiga joylash
gan porshenlar (1) tirsakli valga o‘rna
tilgan. Shu
valga ayla nish davrida hosil bo‘ladigan sil kinishlarni kamaytira digan katta
massali (2) maxovik mah kamlangan. Har bir silindr ning yuqo ri qismida
ikkitadan kla pani bor. Ulardan biri dan yonuvchi aralashma (benzin ning
havo bilan aralashmasi) kiritilsa, ikkinchisidan yonib bo‘lgan gaz qoldiqlari
chiqib ketadi. Bir silindrli ichki yonuv dvigatelining ishlash prinsipi
89-rasmda keltirilgan.
88-rasm.
I takt. So‘rish. 1 klapan
ochiladi.
2 klapan yopiq.
Pastga tomon hara
katla
nuvchi
porshen silindr ichiga yonuvchi
aralashmani so‘rib oladi.
II takt. Siqish. Har ikkala
klapan yopiq. Yuqoriga tomon
harakat
langan porshen yonuvchi
aralashmani siqadi. Aralashma
siqilganda qiziydi.
III takt. Ishchi yo‘li. Har
ikkala klapan yopiq. Porshen
yuqori holatda bo‘lganda ara-
lashma elektr uchquni 4 vosi-