107
undagi molekulalar harakati bilan bog‘liq degan xulosaga keltiradi. E’tibor
bergan bo‘lsangiz, tutun ba’zan yuqoriga ko‘tariladi, ba’zan yoyilib tarqaydi.
Havoda ba’zan bulutlar ancha muddat o‘zgarishsiz tursa, ba’zan shiddat
bilan harakatga tushib qoladi. Ularni qanday tushunish mumkin?
Pechka
yonidagi havo qiziganda u kengayadi va zichligi kamayadi. Arximed kuchi
ta’sirida u yuqoriga ko‘tariladi. Uning o‘rniga
zichligi katta sovuq havo
oqib keladi. Natijada isitilganligi turlicha bo‘lgan havo qatlamlari orasida
oqim vujudga keladi.
Bu hodisaga konveksiya (lotin cha –
olib kelish)
deyiladi. Konveksiyani quyidagi tajribada oson kuzatish mumkin (78-rasm).
Konveksiya faqat gazlarda emas, balki suyuqliklarda ham bo‘ladi. Idish
tagidan berilgan issiqlik suyuqlikdagi konveksion oqim tufayli
yuqoriga
ko‘tariladi. Suyuqliklarda
konveksiyani namoyish qilib ko‘rsatadigan tajribani
o‘ylab toping.
Qattiq jismlarda zarralar bir joy dan ikkinchisiga ko‘chmaydi.
Ular fa-
qat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar bir-biriga
yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali bir-biriga uza tadi.
Bunday usulda issiqlikni uzatishga
issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi.
Turli moddalarning issiqlik o‘tka
zuvchanligi turlicha.
Buni quyidagi
tajribada ko‘rish mumkin (79-rasm). Sterjendan bir xil uzoqlikda mis, temir,
alu
miniy, plastmassadan yasalgan bo‘laklarni mahkamlaylik. Bo‘laklar
uchiga gu
gurt cho‘p
larini shamga o‘xshab
oson eriydigan modda bilan
yopishtiraylik. Bo‘laklar mahkam langan o‘rtadagi diskni sekin qizdiraylik.
Issiqlik o‘tkazuvchanligining katta-kichik ligiga qarab gugurtlar birin-ketin
tushib ketgan ligini ko‘ramiz. Jadvalga qarab gugurtlar qaysi tartibda tushishini
ayting.
78-rasm.
79-rasm.
Dostları ilə paylaş: