Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

1. Bimetall plastina. 76-rasmda bir-biriga parchinlab mahkam 
langan 
ikkita – mis va temir plastina kel tirilgan.
Bu plastinada mis va temir issiq likdan turlicha kengayadi. Bunday plastina 
qizdi rilsa, plastina temir tomonga, sovitilsa mis tomonga egiladi. Plastinani 
juda yuqori temperaturagacha yoki past temperatura gacha sovitilsa nima 
bo‘ladi? Bu haqda o‘ylab ko‘ring.
Uning ba’zi bir qo‘llanilishlari haqida to‘xtalib o‘taylik. Uyda 
ishlatiladigan sovutkich yoki elektr dazmol ishiga razm solsak, sovutkich 
ma’lum bir vaqt ishlaganidan so‘ng to‘xtaganini, dazmol ham qiziganidan 
so‘ng qizil chirog‘i o‘chganligini ko‘ramiz. Chunki unda bimetall 
plastinkali tokni uzib-ulovchi qurilmasi bor. Uning ishlash tamoyili 
77-rasmda ko‘rsatilgan.
2. Suvning issiqlikdan kengayishi haqida. Suv bilan o‘tkazilgan 
tajribalar shuni ko‘rsatadiki, sovitilish jarayonida dastlab uning hajmi 
kamayib boradi. Temperatura 4°C (uy termometri bilan o‘lchanadi, bu 
Jismlarning issiqlikdan kengayishi


IV bob. Issiqlik hodisalari
106
106
77-rasm.
haqda keyingi mavzuda batafsil aytiladi)ga borganda kamayish to‘xtaydi. 
Sovitish davom ettirilsa, endi uning hajmi, aksincha orta boradi. Bu 
jarayon suv muzlagunga qadar davom etadi. Demak, suv 4°C da eng 
katta zichlikka ega bo‘lar ekan. Shu hodisaga ko‘ra, ko‘llarda qish paytida 
suvning ustki qismi muzlaydi. Ko‘l tubida esa 4°C li suv bo‘ladi. Agar suv 
sovishi natijasida bir xilda muzga aylanguncha hajmi kamayib kelganda 
edi, ko‘ldagi yoki suv omborlaridagi suv tubidan to ustki qismigacha 
muzga aylanar edi. Suvda bu paytda hayot ham to‘xtab qolar edi.
1. Qalin devorli stakan, yupqa devorli stakanga nisbatan issiq suv quyilganda 
tezroq sinadi. Nima uchun?
2. Suyuqlik va gazlarning issiqlikdan kengayishidan qayerlarda foydalanish 
mumkin?
3. Benzinni litrlarda o‘lchab sotiladi. Uni kunning qaysi vaqtida olish foydali?

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin