IV bob. Issiqlik hodisalari
104
104
Ish bajarib issiqlik energiyasini hosil qilish va issiqlik energiyasini
ishga aylantirish mumkin bo‘lganligidan, ish va energiya cham-
barchas bog‘langandir.
1. Nima uchun arqondan yoki yog‘och ustundan ushlab pastga sirg‘anib
tushganda qo‘l qiziydi?
2.
Nima sababdan avtomobil keskin tormozlanganda g‘ildiraklarining
rezinasidan kuygan hid keladi?
3. Og‘zi berk idish issiq suvga tushirildi. Idish ichidagi havo molekulalarining
potensial va kinetik energiyalari o‘zgaradimi?
4. Siz o‘qigan qaysi kitobda yoki ko‘rgan kinoda odamlar sun’iy ravishda olov
hosil qilishgan? Qanday usul bilan olinganligini gapirib bering.
34-MAVZU
JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI
7-mavzuda Siz qizdirilgan
metall sharning kengayib, halqadan o‘ta
olmagan
ligi bilan tanishgansiz. Suyuqliklarda bu hodisani o‘rganish
uchun shunday tajriba o‘tkazaylik (74-rasm). Uchta probirka olib ulardan
biriga suv, ikkinchisiga yog‘, uchinchisiga sut quyaylik. Probirkalar
og‘ziga o‘rtasida nay chasi bor tiqin o‘rnataylik.
Probirkalarni suvli idishga
74-rasmda ko‘rsatilganidek qo‘yib, tagidan isitaylik. Suv isigan sari asta-
sekin naychalardan suyuqliklar yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Demak,
suyuqliklar ham isitilganda kengayar ekan. Bunda suyuqliklarning
naychadan ko‘tarilish balandligi turlicha bo‘lgan
ligidan, ularning
kengayishi ham turlicha bo‘ladi. Gazlarning issiq
likdan kengayishini
o‘rganish
uchun bir kolbani olib, uning ham og‘ziga naychasi bor tiqin
o‘rnataylik (75-rasm). Naycha uchini suvga tiqib, kolbani
ushlagan holda
ozroq siypalab turamiz. Shunda naycha uchidan suvga havo pufakchalari
chiqa boshlaganini ko‘ramiz. Bunga sabab kolba qo‘l harorati tufayli
ichidagi havosi bilan birga isiydi. Isigan gaz kengayib pufakcha shaklida
chiqib ketadi. Kolba bo‘g‘zini shtativga o‘rnatib shu
holda qoldirilsa,
birozdan so‘ng naychadan suv yuqoriga ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin.
Sababi sovuganda kolbadagi havo siqiladi.
105
76-rasm.
74-rasm 75-rasm.
Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan ken-
gayadi, sovuq likdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi mavzuda ay-
tilgan molekular harakatdir. Moddalarning bu xossasidan turmushda va
texnikada keng foydala niladi. Temir yo‘l relslarini o‘rnatishda
ularni bir-
biriga jips tegmaydigan qilib o‘r natiladi. Elektr o‘tka zuvchi simlarni ustun-
lar ga yoz kunida biroz osiltirib torti ladi. Qishda to rayish eva ziga uzilib
ketmasligi uchun shun day qilinadi. Shisha stakan larga issiq suvni birdaniga
quyib bo‘lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi.
Tash qarisi esa kengayib ulgur maydi. Shu sababli stakan si nib ketadi.
Dostları ilə paylaş: