V bob. Yorug‘lik hodisalari
130
130
KIRISH SUHBATI
Oldingi mavzularda aytganimizdek, Quyosh Yerdagi energiyaning
asosiy manbai bo‘lishi bilan birga, undagi organik hayotning sababchisi
hamdir. O‘simliklar va daraxtlarning o‘sishi uchun albatta yorug‘lik
kerak. Yorug‘lik deganda nimani tushunamiz? Ko‘rish qanday ro‘y
beradi? Yorug‘lik nima sababdan qalin oynadan o‘ta oladi-yu, lekin
yupqa karton qog‘ozdan o‘tmaydi? Qanday tezlik bilan tarqaladi? Bu kabi
savollarga insoniyat qadim zamonlardan javob topishga harakat qilgan.
Lekin yorug‘lik o‘z sirlarini, boshqa hodisalarga nisbatan uzoqroq saqlab
keldi. Bizning ko‘rish orqali atrof olam haqida olgan bilimlarimiz boshqa
sezgilarimiz tufayli olgan bilimlardan ancha ko‘p.
Qadimgi greklar inson ko‘zidan qandaydir nurlar chiqadi va ular
narsa, buyumlarga tushib uni ko‘radi, deb o‘ylaganlar. U holda ko‘zning
ko‘rishi kechasi va kunduzi bir xil bo‘lishi kerak emasmi? Siz nima deb
o‘ylaysiz? Keyinchalik ingliz olimi I. Nyuton yorug‘likni juda mayda
zarralar oqimi deb qarashni taklif qildi. Bu oqimni
yorug‘lik nuri deb
ataladi. Yorug‘lik nuri biror manbadan, masalan, Quyoshdan chiqib narsa
va buyumlarga tushadi. Ulardan qaytib ko‘zimizga tushsa, ularni ko‘ramiz
deb tushuntiradi. Bunday tushuntirish yorug‘lik bilan bog‘liq ko‘pgina
hodisalarni tushuntirsa-da, ayrimlarini tushuntira olmaydi. Masalan: Qu-
yoshdan tananing qorayishi, gazmollarning yorug‘lik ta’sirida rangi o‘chib
ketishi, o‘simliklar bargining yashil bo‘lishi va h.k. Shunday hodisalarni
o‘rganish jarayonida olimlar yorug‘lik tabiati haqidagi boshqa nazariyalarni
yaratdilar. Ular bilan Siz navbatdagi sinfl arda tanishasiz.
Dostları ilə paylaş: