Texnologik oqimda paxta massasini o’lchash
Paxta, chigit va paxta mahsulotlarining miqdorini texnologik oqim liniyasida uzluksiz o’lchab, rostlab turishga mo’ljallangan konveyer tipidagi tarozi bir turining soddalashtirilgan sxemasi 34- rasmda ko’rsatilgan. Muvozanatlangan richag ramka 7 qo’zg’almas tayanch nuqta 6 ga o’rnatilgan va yo’naltiruvchi roliklar 2 da tinimsiz aylanib turadigan tasma 1 dan iborat. Konveyer tasmasiga paxta 3 bunker 5 dan ta'minlovchi valik 4 yordamida uzatiladi. Tasmadagi paxta og’irligi berilgan kattalik Qб dan oshganda ramaning o’ng elkasi pastga og’adi, chap elkasi yuqoriga ko’tariladi, bunker 5 bilan tasma 1 oralig’i yaqinlashib, valik 4 ning paxta uzatishini kamaytiradi. Konveyerga paxta tushishi kamayganda esa valik 4 bilan tasma 1 oralig’i ochilib, tasmaga paxta uzatilishi o’z-o’zidan ko’payadi, bu tasmaga uzatiladigan paxta mаssаsining o’zicha tenglashish xususiyati borligini ko’rsatadi. Konveyerdagi paxta miqdorini rostlab turish uchun potensiometr yoki induktiv surilish sezgichlaridan yoki tenzosezgichdan foydalanib konveyer og’irligining o’zgarishiga muvofiq, ta'minlovchi valik 4 tezligining avtomatik o’zgarib turishini ta'minlaydigan og’irlik ARSdan foydalanish o’rinli bo’ladi. Paxta massasini qayd qilib turadigan integrator qurilmadan foydalanish ham ko’zda tutiladi.
Separator qirg’ichi sirpanishining sezgichi
Separatorga havo bilan kelgan paxtaning bir qismi siyrak havo to’sig’iga (vakuum klapaniga) tushsa, qolgan kichik qismi turli sirtga yopishadi. Turli sirtga yopishgan chigitli paxtani aylanib turuvchi
35-rasm. Separator qirg’ichining sirpanish sezgichi:
1 - sezgich qutisi n1 tezlikda aylanadi; 2 - sezgich qutisidagi teshikli disk n2 tezlikda aylanadi; 3, 4 - qutida o’rnashtirilgan yorug’lik manbai va fotoqarshilik; 5 – o’tkazuvchi teshik; 6-qirg’ichlar; 7 – to’rli sirt; 8 - siyrak havo to’sig’i, n1 tezlikda aylanadi; 9 – siyrak havo to’sig’i yuritmasi; αн - separatorni me'yorli ish holatidagi qirg’ichning sirpanish burchagi; αўю – qirg’ichni o’ta yuklanishi tufayli hosil bo’ladigan og’ish burchagi.
qirg’ich yordamida siyrak havo to’sig’iga (vakuum klapaniga) tushiriladi.
Paxtaning notekis kelishi sababli turli sirtga paxta ko’proq kelib urilsa, qirg’ichning yuklanishi oshadi. Agar turli sirtda paxta tiqilib qolsa, qirg’ich aylanmay qolishi va kuchli ishqalanish tufayli tasmali uzatkich 11 kuyib ketishi ham mumkin. Bu butun texnologik oqimning ishlamay qolishiga sabab bo’ladi. Bunday hol yuz bermasligi uchun qirg’ich sirpanishining sezgichi bo’lishi va separatorga paxta kelishini rostlab turadigan ARS yaratilishi kerak bo’ladi. 35- rasmda ana shunday qirg’ich sirpanishi sezgichining tuzilish sxemasi keltirilgan.
Sezgich ikki elementdan: quti 1 hamda uning o’rtasida o’rnatilgan teshikli disk 2 lardan tuzilgan. Quti 1 da yorug’lik manbai 3 hamda fotoqarshilik 4 o’rnatilgan bo’lib, u tasma 10 orqali n1 tezlikda aylanadi. Teshikli disk 2 qirg’ich 6 o’qida o’rnatilgan bo’lib tasma II tomonidan n2 tezlikda аylаnаdi (35-а rasm). Separatorda paxta bo’lmaganda, ya'ni uning salt yurish holatida quti va diskning aylanish tezliklarida farq bo’lmaydi. O’ta yuklanish yuz berganda qirg’ich surilib AYUa zonasiga o’tadigan bo’lsa, quti 1dagi nur teshik 5 orqali fotoqarshilikka tushadi (35-6 rasm). Fotoqarshilikning tok o’tkazuvchanligi keskin oshib ketadi va sezgichdan chiquvchi signal hosil bo’ladi. Bu signalga muvofiq ventilyator quvuridagi to’siq ijrochi element tomonidan yopiladi. Separatorga paxta kelishi to’xtaydi yoki keskin kamayadi. Bu hol qirg’ich diskidagi teshik nur oqimi yo’nalishidan chiqib αн zonasiga qaytguncha davom etadi. αн zonasida fotoqarshilikka nur tushmaydi, ventilyator quvuridagi to’siq ochilib separator yana mе’yorli ishlay boshlaydi (13.7-§ ga qarang).
Dostları ilə paylaş: |