Mexanik kattaliklarni o’lchash Reja



Yüklə 327 Kb.
səhifə3/10
tarix03.02.2023
ölçüsü327 Kb.
#82523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mexanik kattaliklarni o’lchash Reja

Tezlik o’lchagichlar. Texnologik mashinalarning aylanish (burchak) tezliklarini o’lchash uchun kichik quvvatli o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tok mashinalari - taxogeneratorlardan foydalaniladi (29-rasm). Taxogeneratorning vali texnologik mashina o’qiga mexanik bog’langan bo’lib, undan chiqadigan signal - elektr yurituvchi kuch (EYUK) texnologik mashina vа mexanizmning ayla­nish tezligi n ga mutanosib bo’ladi.
O’zgarmas tok taxogeneratorning sxemasi 29-a, rasmda ko’rsatilgan. Undan olinadigan elektr yurituvchi kuch (EYUK)
e=Ce-n.
Kollektor bilan cho’tka orasidagi qarshilikning o’zgaruvchanligi taxogeneratordan chiquvchi signal e ning qiymatiga ta'sir qiladi. Ish vaqtida taxogenera­tordan chiqadigan ovozning yuqoriligi, gabarit o’lchamlari va massasining katta bo’lishi taxogeneratorning аsоsiy kamchiliklari hisoblanadi.
Bunday kamchiliklardan birmuncha holi bo’lganiligi uchun hozirgi paytda o’zgaruvchan (asinxron, sinxron) tok taxogeneratorlari keng qo’llanilmoqda.
Asinxron taxogeneratorning tuzilish sxemasi 29- в, rasmda ko’rsatilgan. Аsinxron taxogenerator statorida o’zaro 90° ga burilgan ikkita o’rama o’rnatilgan. Birinchi o’rama 1 o’zgaruvchan tok manbaiga ulanadi. Ikkinchi o’rama 2 dan olinadigan EYUK esa tezlikni o’lchash uchun xizmat qiladi. Taxogeneratorning rotori 1 jez yoki alyumindan stakansimon qilib yasalgan bo’lib, uning o’qi 2 stakanning tub tomonida bo’ladi (29- г rasm).
Statorning manbaga ulangan o’ramida hosil bo’ladi­gan pulsasiyalanuvchi oqim Φ1 rotor devorlarida induktiyalanadigan o’zaro 90° burchakka burilgan ikki xil tok va ular tufayli vujudga keladigan Φd va Фq oqimlari hosil qiladi. Taxogeneratorning ikkinchi o’ramasida induktiyalanadigan EYUK miqdori rotorning aylanish tezligi n ga mutanosib (Φq =const) bo’lgani uchun
lq =Ce· n
bo’ladi. Bunday EYUKni ko’rsatuvchi millivoltmetr shkalasidan texnologik mashinaning aylanish tezligi n aniqlanadi.

Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin