Signal taqqoslash elementlari (qurilmalari) Avtomatik rostlash va kuzatish sistemalarining taqqoslash elementi rostlanuvchi parametr X(t) qiymatini uning maqsadga muvofiq berilgan qiymati Xбbilan taqoslab ΔX(t)=Xб - Xч(t) og’ishini aniqlash va boshqaruvchi signal ±/ΔX(t) ni tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu element АRS tuzilishida juda mas'uliyatli o’rinda turadi, chunki rostlash jarayonining sifat ko’rsatkichi аnа shu og’ishning o’lchash aniqligiga bog’liq bo’ladi.
ARSda eng ko’p qo’llaniladigan taqqoslash elementlarining sxemalari va shartli belgisi 36-rasmda ko’rsatilgan. Bunday elementlar signal taqqoslash uchun ishlatiladigan mexanik sistema tarozi sifatida ishlaydi. Unda berilgan miqdor Xбbilan texnologik parametr Xч(t) taqqoslanadi va bir-biriga nisbatan «og’ishi» ±ΔX(t) aniqlanadi. Avtomatik rostlash sistemasi (ARS) esa ana shu «og’ishni» yo’qotish vа miqdorlar tengligini Xб=Xч(t) qayta tiklash vazifasini bajaradi.
36-rasm. Taqqoslash qurilmalari: 1-mexanik qurilma (tarozi) sxemasi; 2-4 - potensiometrik -taqqoslash transformatori; 5 - selsinli taqqoslash sxemasi; 6 - elektr taqqoslash sxemasi; 7 - taqqoslash elementining shartli belgisi Suv sаthi balandligining o’zgarishi (36- rasm) qalqigich tomonidan seziladi va reostat R2 surilgichini suradi. Qarshilik R2ning o’zgarishi U(t) kuchlanish o’zgarishiga aylanadi. Natijada Uб=const bo’lgani uchun, sxemadan suv sathi balandligining o’zgarishiga mutanosib bo’lgani boshqaruvchi kuchlanish ±ΔU(t)=Uб-U(t) chiqadi. Shuningdek 36-rasmdagi potensiometrik taqqoslash elementida ham obyekt haroratining o’zgarishi termojuft tomonidan seziladi, obyekt harorati termoelektr yurituvchi kuch eT ga aylantiriladi va haroratning berilgan miqdori Uб bilan taqqoslanib harorat o’zgarishiga mutanosib bo’lgan boshqaruvchi signal ±U(t)= Uб -eT chiqadi.
Taqqoslash elementlari sxemalarida o’zaro qarama-qarshi bo’lgani vektorlar; Xб - texnologik parametrning maqsadga muvofiq, berilgan qiymati va Xч(t) - rostlanuvchi texnologik parametrning real qiymatlari taqqoslanib, boshqaruvchi signal ±ΔΧ(t) hosil qilinadi. Taqqoslash elementlarining shartli belgisi 36- rasmda (7) ko’rsatilgan.