II. BOB ELEKTR TEBRANISHLAR.
2.1. ERKIN VA MAJBURIY ELEKTR TEBRANISHLAR
Erkin elektromagnit tebranishlar. Mexanik tebranishlarni o'rganishdan bizga
ma'lumki, tashqi davriy ta'sirlarga uchramagan tebranish sistemasida, uni turg'un
muvozanat holatdan og'dirish natijasida yuzaga keladigan tebranishlar erkin
(yoki xususiy) tebranishlar deyiladi.
Misol uchun, agar ipga osilgan sharcha muvozanat holatidan chiqarib,
so'ngra qo'vib yuborilsa, u erkin tebranishlar qiladi. Erkin tebranishlar
elektr zanjirlarida ham bo'lishi mumkin. Erkin tebranishlarni o'rganishda
Siz, birinchidan, tebranishlar nazariyasining asosiy tushuncha va atamalari
bilan, ikkinchidan, tebranishlarni ifodalovchi asosiy matematik
munosabatlar bilan tanishasiz. Birinchisi ham, ikkinchisi ham butun
fizikaning keying kurslarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Shuning
uchun atamalarni shoshmasdan tushunib oling va formulalardan cho'chimang,
ular — sodda. Hamma joyda Sizga tanish va umumiy bo'lgan narsalarni
ko'rishga harakat qiling.
2.1-rasm
masalan, quyida yozilgan
𝑞 = 𝑄
𝑚
sin 𝜑 ; 𝑞 = 𝑄
𝑚
sin 𝜔
0
𝑡 ; 𝑞 = 𝑄
𝑚
sin(𝜔
0
𝑡 + 𝜑
0
)
uchta formula bir qarashda Sizga har xildek tuyulsa ham, sinchiklab
qaraganingizdan so'ng, amalda bitta formula uch qayta yozilganligini ko'rasiz.
Ammo keyingi ikki yozilishida
𝜑 burchak 𝜔
0
𝑡 va 𝜔
0
𝑡 + 𝜑
0
ga
almashtirilgan, demak,
𝜑 = 𝜔
0
𝑡 + 𝜑
0
ekan.
Matematik hisoblarga diqqat bilan chuqur o'ylab yondashishingiz materialni tez
va puxta o'zlashtirishingizga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: