Tashqi davriy ta'sir bo'lmaganda ham o'zida davriy tebranishlar
hosil qiladigan va ularni xohlagancha uzoq vaqt davom ettiradigan
sistemalar avtotebranish sistemalari, ularda yuzaga keluvchi
tebranishlar — avtotebranishlar deyiladi.
2. Avtotebranishlarning yuzaga kelishi. Avtotebranishlar yuzaga
kelishi uchun juda kichik bo'lsa-da, boshlang'ich turtki bo'lishi kerak. Buning
sababi shundaki, tebarnish sistemasida, avvalo, erkin tebranishlar paydo
bo'lishi kerak, ular keyinchalik «klapanni» va u bilan birga butun
avtotebranish
sistemasini
harakatga
keltiradi,
natijada
so'nmas
avtotebranishlar yuzaga keladi. Boshlang'ich turtkining zarurligi,
ayniqsa, mayatnikli soat misolida yaqqol ko'rinadi. Toshi ko'tarilgan
yoki prujinasi buralgan soatning mayatnigi turtib yuborilmaguncha
tebranmaydi.
Elektromagnit tebranishlar avtogeneratorida esa tok manbayini
ulash bilan boshlang'ich turtki beriladi.
|