Avtotebranishlarning asosiy qonuniyatlari:
1. Avtotebranishlarning erkin tebranishlardan farqi. Yuqorida qarab
chiqilgan avtotebranish sistemasida so'nmas, deyarli garmonik tebranishlar
paydo bo'ladi va xohlagancha uzoq vaqt davom etadi. Avtotebranishlarning
hamma vaqt so'nuvchi erkin tebranishlardan asosiy farqi ana shunda.
Tebranishlar avtotebranish sisternasiga tashqaridan keltirilmaydi, balki
tebranish sistemasining o'zida yuzaga keladi va unga kiruvchi energiya
manbayining energiyasi hisobiga davom etadi. Xususan, soatdagi
mayatnikning tebranishlari ko'tarilgan toshning (buralgan prujinaning)
potensial energiyasi hisobiga davom etadi. Elektromagnit tebranishlar
avtogeneratoridagi tebranishlar elektr energiya manbayi hisobiga
saqlanadi.
Yuqorida aytilganlar avtotebranish sistemalarini va avtotebranishlarni
quyidagicha aniqlash imkonini beradi:
Dostları ilə paylaş: |