Elektr avtotebranish sistemasi: Hozirgi zamon texnikasida elektr
avtotebranish sistemalari keng tarqalgan. Misol tariqasida sinusoidal elektr
tebranishlar avtogeneratorini ko'raylik. Bunday generatorlar doimiy tok
energiyasini har xil chastotali o'zgaruvchan tok energiyasiga aylantirib
beradi.
1. Generatorning
elektr
sxemasi.
Sinusoidal
elektr
tebranishlar
avtogeneratorlarining sxemalari ko'p bo'lishiga qaramay, ularning ishlash
prinsipi bir xil.
Quyidagi 2.4-rasmda soddalashtirilgan sxemasi keltirigan avtogeneratorda
«klapan» rolini tranzsitor bajaradi. Sxemadan ko'rinadiki, tebranish
konturi doimiy tok manbayiga transistor bilan ketma-ket ravishda ulanadi.
Tranzistorning emitter o'tishi
𝐿
𝑏
g'altak orqali tebranish konturi bilan
induktiv bog'langan. Bu g'altak teskari bog'lanish g'altagi deyiladi.
Generatorni ulab, elektron ossillograf yordamida tebranish konturida
elektr tebranishlari hosil bo'lganini osongina ko'rish mumkin (2.5-rasm).
Dostları ilə paylaş: |