2.6- rasm
Energiyaning qaytarib bo'lmaydigan ichki energiyaga aylanishi tufayli, undagi
tebranishlar so'nar edi. Ammo kontur
𝐿
𝑏
teskari bog'lanish orqali tranzistorning
emitter o'tishi bilan bog'langan. Shuning uchun kontur g'altagidan oquvchi
𝑖
tokning o'zgaruvchi magnit maydoni teskari bog'lanish g'altagida
(transformatorning ikkilamchi o'ramidagi singari)
𝑈
𝑒
o'zgaruvchi kuchlanish
induksiyalaydi (2.6-rasm). Bu kuchlanish ta'sirida emitter o'tishning elektr
maydoni goh kuchayadi, goh susayadi, tranzistor esa goh ochiladi, goh
berkiladi.
Tranzistor ochiq bo'lgan vaqt oralig'ida undan davomiyligi
tranzistorning ish rejimiga bog'liq bo'lgan tok impulslari o'tadi (2.6-b
rasmda konturdagi tebranishlarning yarim davri ichida davom etuvchi
tok impulslari ko'rsatildi). Tranzistordan o'tuvchi tok impulslarining
chastotasi konturdagi tebranishlar chastotasi bilan bir xil va ular konturga
undagi kondensator zaryadlanayotgan momentlarda yetib keladi (2.6-b
rasm). Shuning uchun tranzistordan o'tuvchi tok impulslari kondensatorni
qo'shimcha zaryadlaydi va kontur energiyasini to'ldiradi. 2.6-d rasmdagi
shtrixlangan yuzlar har tebranish davrida konturga beriladigan
energiyaga proporsionaldir. Manbadan konturga beriladigan energiya
undagi energiya
sarfini kompensatsiyalaydi, shuning uchun konturdagi
tebranishlar so'nmaydi.
2.7- rasm
Dostları ilə paylaş: