3.3. O’qitish jarayonini samarali tashkil qilishda interfaol metodlarning
ahamiyati
O`qitish metodikasi – bu o`qituvchining maqsadli yo`naltirilgan
tizimli (sistemali) bo`lishidir. U o`quvchining pedagogik-psixologik xarakterini
o`rganish va amaliy faoliyatini rivojlantirishni tashkillashtiradi. Bu esa ta`lim
mazmunini o`zgartirishga yordam beradi.
Ma`lumki, bir fizik tabiatli tebranish va to`lqinlarni o`rganishda ilgari
o`tilgan boshqa bir fizik tabiatli tebranish va to`lqinlar bilan taqqoslash uslubiyat
jihatidan ancha samarali bo`ladi. Elektromagnit hodisani chuqur tahlil qilgan
ingiz fizigi J.Maksvell o`zining tadqiqot usuli sifatida fizik o`xshashlikni
tanlangan. Jumladan, u fizik o`xshashlikda –“men fanning qandaydir ikki
sohasidagi qonunlarning o`zaro xususiy o`xshashligini va biri ikkinchisi uchun
aks tasvirdan iboratligini tushunaman” – deb hisoblagan. Shu maqsadda ushbu
maqolada tebranish konturida elektr tebranishlar qanday paydo bo`lishi va ularni
aniq tassavur qilish uchun prujinaga bog`langan sharchaning tebranishlari bilan
qiyoslaymiz uchun darsning quyidagi umumiy didaktik maqsadiga e`tabor
qaratamiz:
Dostları ilə paylaş: |