III.Bob. MEXANIKA VA ELEKTR TEBRANISHLARNING
O`XSHASHLIGI
3.1 Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi
mavzusi misolida ta’lim tizimi o’quv jarayoniga innavatsion
texnologiyalarni joriy etish zaruriyati
Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish fan o’qituvchilaridan muayyan tayyorgarlik ko’rish zaruratini
keltirib chiqaradi. Fan o’qituvchilari innovatsion pedagogik faoliyatga
tayyorlanishda fanlarni o’qitish metodikasi kursida metodik tayyorgarligini
shakllantirish samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi va natijada
o’quvchilarni innovatsion texnologiyalarga asoslangan mashg’ulotlarda faol
ishtirokini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda ta’limda inovatsion texnologiyalar asosida loyihalash va
ulardan ta’lim sharoitida foydalanishning o’ziga xos jihatlari namoyon
bo’lmoqda. Zamonaviy ta`limni tashkil etishga quyiladigan muhim ta`lablardan
biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt oralig`ida muayyan nazariy bilimlarni
o`quvchilarga yetkazib berish, ularda ma`lum faoliyat yuzasidan malaka va
ko`nikmalar hosil qilish, shuningdik, o`quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular
tamonidan egallangan bilim ko`nikma hamda malakalar darajasini baholash
o`qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta`lim jarayoniga nisbatan
yangicha yondashuv talab etadi. Masalan, kubik metodidan foydalangan natijaga
to’g’talaylik.
Kubik metodi - bu metoddan darsni mustahkamlash vaqtida foydalansa yaxshi
natija beradi. O’quvchilarga mavzu o’tilgandan so’ng unga biror tushuncha
shakllanadi. Shakllangan tushunchani (kattallik, asbob, o’lchov birligi)
quyidagicha yozish taklif etiladi.
1. Tasvirlang
2. Taqqoslang
3. O’xshating
4. Tahlil qiling
5. Ishlating
6. Foydali va zararli tomonlari.
6-sinf o’quvchilari uchun
Masalan: "Kuch" mavzusini o’tgandan so’ng kubik usulini qo’llasak
taxminan o’quvchilar quyidagicha yozadilar:
1. Kuch
2. Katta, kichik
3. Zarb, kuchli, kuchsiz
4. Jismga tezlik beruvchi sabab
5. Dinamometr qo’l kuchini aniqlaydi. Traktorning tortish kuchini aniqlaydi.
6. Ishqalanish kuchi bo’lmasa yurolmaymiz.
7.Og'irlik kuchi bo’lmasa yer sirtida yash olmaymiz.
- Kuchli shamol, kuchli suv toshqini, vulkan natijasida kuchli portlash, zil-
zila, kuchli yer qimirlashi natijasida ko’p ofatlar keladi.
Bosim mavzusidan so’ng
1. Tavsiflang: Bosim.
2. Taqqoslang: Oshishi – pasayishi.
3. O’xshating: .
4. Tahlil qiling: Sirtga perpendikulyar tushuvchi kuch.
5. Ishlating: Tanometr. (Inson tanasidagi bosimni o’lchaydi.)
6. Foydali va zararli tomonlari: Atmosfera bosimi kamaysa kislorod
kamayib inson hayotiga uchun xavfli yoki suv tez qaynaydi.
Issiqlik hodisalari o’tilgandan so’ng
1.Tasvirlash- Issiqlik hodisasi
2.Taqqoslang- Issiq va sovuq
3.O’xshatish- Ona bag’rining issiqligi
3.Tahlil qilish- Energiya berish natijasida jismlarni isitish, elektr toki yordamida
sovitish
4.Ishlating- Issiqlik termometr yordamida o’lchanadi
Tasvirlang
5.Foydali va zararli tomonlari- Issiqlik bilan ko’pgina kasalliklar davolanadi,
issiqlik uzatish hodisasi tufayli balan qavatli uylar isitiladi, issiqlik bilan tirik
organizmlar yashaydi. Odam tana haroratining oshib ketishi natijasidan
kasallanadi, issiq buyumlar tanani kuydiradi, issiqlikni me’yordan oshib
ketishi ish jarayonini sekinlashishiga olib keladi.
Energiya mavzusidan so’ng
Kubik o`yini sharti bo`yicha ta`riflasak;
1.Energiyani tasvirlashda: bolg`a bilan mix qoqish holatini ko`z oldimizga
keltirishimiz mumkin. Bunda bolg`aning ish bajara olish qobiliyati ya`ni
energiyasi uning vaziyatiga bog`liqligini ko`rishimiz mumkin.
2. Energiyani taqqoslashda ko`p energiya va kam energiya so`zlaridan
foydalanish mumkin. Bunda ko`p va kam so`zlari miqdor jihatdan
taqqoslanadi
3. Energiyani biz harakatga o`xshatishimiz mumkin. Sust harakat –kam
energiyalikni , jadal harakat – ko`p energiyalikni ifodalaydi .
4. Energiya deb jismning ish bajara olish qoboliyatiga aytiladi .
5. Energiya turmush tarzida ko`p ishlatiladi. Masalan , avtomabilni
yurgizishda benzin orqali dvigatellar yoqilib – issiqlik energiyasi hosil
qilinadi . Yoki 70 kg massali insonning ma`ruza o`qiganda - 920 kJ,
o`tirganda – 420 kJ energiya yo`qotishini misol keltirishimiz mumkin.
6. Energiyaning foydali va zararli tomonlari.
Energiyani foydali tomoni:
1.Energiya bo`lmasa- insonlar va hayvonlar faoliyat ko`rsata olmaydilar.
2.Suvning kinetik energiyasi GESlarda trubinani aylantirib elektr energiyani
hosil qiladi.
Energiyani zararli tomoni:
1. yorug`lik energiyasi bo`lmaganda Quyosh Yerni isitmas va Yer yuzi
muzlab, hayot bo`lmas edi. 2)Avtomabil , samolyotlarda issiqlik
energiyasining birdan kamayishi turli halokatlarga olib keladi.
7– sinf. Jism massasi mavzusidan so’ng
1. Tavsiflang: Massa.
2. Taqqoslang: Og’ir – yengil.
3. O’xshating: Vazn.
4.Tahlil qiling: Jismning inertlik xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik. “ Bo’lak,
parcha” degan ma’noni bildiradi.
5. Ishlating: Tarozi.
6. Foydali va zararli tomonlari: Massa katta bo’lsa, tezlanish shuncha kichik
bo’ladi va tez yurish qiyin kechadi.
7– sinf. Elektr qarshilik mavzusidan so’ng
1.Tavsiflang: Qarshilik.
2. Taqqoslang: Katta – kichik.
3.O’xshating: To’siq.
4. Tahlil qiling: O’tkazgichning zanjirda tok o’tishiga qarshilik qilish xossasi.
5. Ishlating: Reostat tok kuchini rostlaydi.
6. Foydali va zararli tomonlari: Qarshilik ortsa zanjirda tok kam o’tadi va
lampochka xiralashadi.
7 – sinf. Atom tuzilishi haqida tushuncha mavzusidan so’ng
1.Tavsiflang: Atom.
2.Taqqoslang: Bir atomli va ko’p atomli.
3.O’xshating: Kichik quyosh sistemasi.
4. Tahlil qiling: “Bo’linmas” degan ma’noni bildiradi. Atom markazida musbat
zaryadli yadro joylashgan bo’lib, yengil elektronlar uning atrofida aylanadi.
5. Ishlating: Energiya ishlab chiqarish manbai. AES.
6. Foydali va zararli tomonlari: AES lari atmosfera kislorodini ishlatmaydi.
Energiya manbai hisoblanadi. Zararli tomoni radiaktiv chiqindilar chiqar
Dostları ilə paylaş: |