va elektr tebranishlarni ifodalovchi matematik tenglamalarni taqqoslash
ular bo'ysunuvchi qonuniyatlarning o'xshashligini ko'rsatadi (1-jadval).
Bu qonuniyatlarning o'xshashligi hayron qolarli. Haqiqatan ham,
deformatsiyalangan purjina ta'siridagi yukning harakati bilan
kondensator qayta zaryadlanishidagi elektronlar harakati orasida qanday
umumiylik bo'lishi mumkin? Albatta, bular har xil hodisalar.
Ammo agar nima tebranayotganiga emas, balki nima sababdan va
qanday tebranayotganiga e'tibor berilsa, bu jarayonlar bir xil
tushunchalar va bir xil matematik tenglamalar bilan ifodalanishi
ma'lum bo'ladi. Shuning uchun akademik L.I.Mandelshtam har xil
fizik tabiatga ega bo'lgan tebranishlarni o'rganishga yagona nuqtayi
nazardan yondashdi. Bu juda samarali bo'lib chiqdi. U bir
turdagi tebranishlarni o'rganishda topilgan qonuniyatlarni boshqa
turdagi tebranishlarga ham tatbiq etish imkonini beradi. Quyidagi
2-jadvalda mexanik va elektr tebranishlarni ifodalashda
ishlatiladigan, bir-biriga o'xshash kattaliklar keltiriladi.
2- jadval
Dostları ilə paylaş: