1. Tebranishlarning so'nishi. Tebranish sistemalarining qarshiligini
e'tiborga olmasdan, ularni ideallashtirish erkin tebranishlarni o'rganishni
ancha soddalashtiradi. Ammo barcha real tebranish sistemalarida
ishqalanish kuchlari (qarshiliklar) mavjud.
Bunga 2.22- a rasmda tasvirlangan zanjir bo'yicha tajriba o'tkazib,
ishonch hosil qilish mumkin. Kondensatorni doimiy tok manbayidan
zaryadlab, uni qarshiligi yetarlicha katta bo'lgan g'altakka ulaymiz.
Ossillograf ekranida so'nuvcchi tebranishlarning tezda yo'qolib ketuvchi
ossillogrammasini ko'ramiz (2.22- b rasm). Reostat yordamida konturning
qarshiligini oshira borib, qarshilik qancha katta bo'lsa, tebranishlar
shuncha tez so'nishiga ishonch hosil qilamiz. Tebranishlarning so'nishi
shuning uchun yuz beradiki, tebranish sistemasiga berilgan
energiyaning bir qismi qaytarib bo'lmaydigan ichki energiyaga
aylanadi va atrof fazoga sochiladi.
2.22- rasm
|